Eng katta suv ombori uzb

Sardoba suv ombori qaysi tipga oid inshoot hisoblanadi?

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov Sardoba suv ombori qurilishi va tanlangan konstruksiya haqida ma’lumot berdi. Uning bildirishicha, suv omborini qurish ishlari murakkab jarayonni o‘z ichiga qamrab oladi.

Vohidjon Ahmadjonovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, xalqaro tajribada suv omborlari konstruksiyasi har xil bo‘lishi kuzatiladi: ular betondan yoki tuproqdan qilingan bo‘lishi mumkin, ayrim holatda toshdan qilinadi.

«Har bitta suv ombor qurilayotgan joyning relefidan kelib chiqib, uni konstruksiyasi tanlanadi. To‘g‘onning qanday tipda bo‘lishi, uni qanday qurilishi, texnologiyasi o‘sha joyning relef, geologiyasiga qarab tanlanadi. Relef yassi bo‘lgan joylarda, asosan, tuproq-tosh aralash to‘g‘onlar quriladi. Misol uchun, bizda beton to‘g‘onlar ham bor. Bunga Andijon suv ombori misol bo‘la oladi. Uning relefi shunga mos, ya’ni katta tog‘oldi hududida barpo etilgan. Ikki tog‘ning o‘rtasini dara deymiz. O‘shaning oldini yopsak, juda katta suv ombori hosil bo‘ladi. Bunda ko‘pincha temir beton yoki temirli konstruksiyadan foydalaniladi.

Qanday konstruksiyadan foydalanishingizdan qat’iy nazar, birinchi navbatda, ishlar qurilish me’yorlari asosida amal oshiriladi. Qurilish me’yorlarisiz, uni xohlaganingizcha qura olmaymiz. Shunga asosan hisob-kitoblar qilinadi. Loyiha tuziladi, loyiha ekspertizadan o‘tkaziladi, tasdiqlanadi. Shundan so‘ng qurilish ishlari boshlanadi», – dedi Ahmadjonov.

Читайте также:  Mitsubishi outlander установка круиз контроля

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining aytishicha, Sardobadagi suv ombori qurilishi 2010 yilda boshlangan bo‘lib, 2017 yilgacha davom etgan.

«Har bir qurilishda ham o‘zining texnogen jarayoni bor. Misol uchun, to‘g‘onning 32 metrgacha bo‘lgan qismi bor. To‘g‘onning eng baland joyi hisoblanadi. Bunda har bir qatlam qilinayotganda santimetrma-santimetr tuproq yotqiziladi. Xohlagan tuprog‘ingizni olib kelavermaysiz. Alohida fraksiyaga, alohida tarkibga javob beradigan tuproq bo‘ladi. Bunga alohida joy tanlanadi. O‘sha joyni geologlar aniqlab beradi.

Demak, mana shu tuproqning tipiga mos bo‘lgan turi tanlanadi. O‘sha olib kelinadi va yotqizilib, bir necha marta katoklar yordamida zichlanadi. Oddiy tuproqqa nisbatan bu tuproq shu darajada zichlanadiki, uning zichligi oshiriladi. Deylik, xalq tili bilan aytganda, u shunaqa darajaga olib kelinadiki, ketmon bilan yoki belkurak bilan urib uni ko‘chira olmaysiz. Shunaqa darajada zichlanadi. Shundan so‘ng asta-sekin uning texnologiya bilan yotqizib beriladi.

Ko‘plar savol berishi mumkin bu yetti yil qurildimi, deb. Ikki yilda ham qurish mumkin, agar texnologiya bo‘lmasa. Aynan mana shu mavjud texnologiyalar uni bosqichma-bosqich asta-sekin, qatlamma-qatlam ko‘tarish talab etiladi. Shuning uchun ham juda katta texnika, juda katta mutaxassislar bo‘ladi va doimiy texnologiya asosida qurib boriladi.

Umuman, uning nazorati to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘p chiqyapti: «Armatura qo‘ymagan, beton quyilmagan», deb. Bunaqa tipdagi suv omborlarda temir beton, armatura konstruksiyasi to‘g‘onning o‘zining dambasiga ishlatilmaydi. Mana suv chiqarish inshooti bor. O‘sha joyda to‘liq betondan qilinadi. Loyihachilar tomonidan hisob-kitob qilinadi: qaysi joy temirdan bo‘lishi kerak, qaysi joy betondan bo‘lishi kerak, qaysi joy tuproqdan, toshdan bo‘lishi kerak. Sardoba suv ombori asosiy to‘g‘onning o‘zi zichlangan maxsus tuproqdan bo‘lgan. Uning yuza qismi qismiga to‘liq xarsang toshlar to‘kilgan bo‘lgan. Demak, toshli va tuproqli suv ombor bu.

Yuqorida aytib o‘tdik, eng mashhuri, kattasi Tojikistondagi Nurek suv ombori ham tuproq va toshdan qilingan. Balandligi 300 metr. Dunyodagi eng baland to‘g‘on hisoblanadi. Bu ham shu tipdagi suv ombori hisoblanadi», — deya fikrini yakunladi u.

Источник

Eng katta suv ombori uzb

«Kampirravot» suv ombori, «Andijon dengizi» deya ataluvchi mahobatli suv inshooti haqida juda ko‘p eshitganimiz bor.

Andijon viloyatining Xonobod shahriga kiraverishda «Andijon dengizi» yozuvi bitilgan monumentga ko‘zingiz tushadi. Katta yo‘ldan o‘ng tomonga qarasangiz, uzoqdan mahobatli to‘g‘onni ko‘rasiz.

Mazkur suv saqlash inshooti jiddiy qo‘riqlanishi bois uning yoniga borish, to‘g‘on va GESlarni tomosha qilish oddiy kishi uchun qiyin masala.

Suv omboriga qilgan birinchi sayohatimiz davomida uning damba qismi, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorlari joylashgan hududiga emas, balki, suv omborining umumiy ko‘rinishi va katta miqdordagi suv qanday yig‘ilishiga qiziqdik.

Video: Mover (tas-ix)

Buning uchun esa, tog‘-u toshlar, tik, xavfli dara yo‘lidan o‘tib avtomashinada 2 soat yurish kerak ekan.

Andijon viloyat turizm boshqarmasi mazkur sayohatni tashkil etishda yaqindan yordam berdi.

«Kampirravot» suv ombori haqida internetda yo‘q bo‘lgan ma’lumotlarni berib o‘tamiz:

«Kampirravot» suv ombori – Tyan-Shan tog‘ tizmalarining 5 irmog‘idan paydo bo‘luvchi Qoradaryo o‘zaniga qo‘yilgan gidrotexnika inshootidir. U 1962 yili loyihalashtirilib, 1968-1982 yillarda qurib bitkazilgan. Suv ombori qurilishidan oldin ikki qoya o‘rtasidan xuddi darvozasifat (ravot) tabiiy yoriq va o‘sha joyda xuddi boshida savat bilan turgan kampirni eslatuvchi qoyatosh bo‘lgani sababli «Kampirravot» nomini olgan.

Umumiy maydoni – 55 kv.km.

Suv sig‘imi – 1 mld. 950 m3

To‘g‘onining balandligi – 115 metr

Suv omborida ikkita 140 megavatt tok ishlab chiqaruvchi GES ishlab turibdi.

Vodiyning katta qismini suv bilan ta’minlovchi «Kampirravot» haqidagi mazkur ma’lumotlarni Xonobod shahrida uzoq yillar arxitektor vazifasida faoliyat yuritgan faxriy otaxon Omadjon O‘rinboyevdan oldik.

Adirlar va tog‘lar osha..

Shunday qilib biz Tyan-Shanning tog‘ooldi hududlari bo‘ylab, Qoradaryo irmoqlari tomon xavfli daralar ichidan yura boshladik.

Yo‘limizda uchragan «Toshoxur» adirliklari bahorning shu kunlarida o‘ta go‘zal qiyofa kasb etgan.

Bir soatli yo‘ldan so‘ng «Olchalik» deya ataluvchi tog‘ va adirliklar hududiga keldik.

Mana shu joyda noyob qush va hayvonlar ko‘p uchrar ekan. Ko‘k qarg‘a, jarqaldirg‘och, burgutlarga ko‘zimiz tushdi. Biz bilan samimiy so‘rashgan va bir piyola choyga taklif qilgan cho‘ponlar jayra, kakliklar juda ko‘pligini aytishdi. Bir so‘z bilan aytganda, «inson hali xalaqit bermagan tabiat».

Bahaybat tog‘lar orasida o‘zingizni jimitdek his etasiz. Avtomashina zo‘r-bazo‘r yurayotgan so‘qmoq yo‘l juda-juda xavfli edi. Bu joylarga faqat baquvvat mashina bilan chiqa olish mumkin ekan.

Tog‘ yonbag‘irlarida toshlarning rangi g‘alati. Xuddi qoramtir smola surkalgandek. Bu esa ularda turli foydali qazilmalar borligidan dalolat.

Go‘zal va betakror «Kampirravot»

Yo‘l yursak ham mo‘l yurib, azim va bahaybat tog‘lar orasidagi ulkan suv inshootiga yetib keldik. Juda ham katta maydonda jimirlab, moviy dengiz yastanib yotardi. Tasvirchimiz Ahrorbek bilan deyarli hali hech kim ko‘rmagan manzaralarni tasvirga tushira boshladik.

Suv ombor juda katta hududga joylashgani sabab, tog‘ning tepasiga chiqib, olib fotouskunamizni ishga solmoqchi bo‘ldik. O‘rmalab, o‘rmalab tepalikka chiqib ketaveribmiz. Pastga qarash qo‘rqinchli edi. To‘g‘risi, toqqa chiqish oson, lekin undan tushish azob ekan. Tepalikda oyog‘imiz qaltirab tasvirlarga oldik. Harqalay yarim soatga yaqin vaqt sarflab chiqilgan tepalikdan ikki soatda ehtiyot bo‘lib zo‘rg‘a tushganimiz bor.

Atrofni, borliqni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Mahobatli dengizga aylangan suv ombori. Tog‘ bag‘ridagi qorlardan yaxdek bo‘lib tushib, jimirlab turgan suv. Toza va beg‘ubor havo.

Suv ombori atrofida o‘zgacha ko‘rinishdagi tog‘-u toshlar. Faqat yovvoyi tabiatda uchrovchi o‘simliklar, hayvonlar va qushlar dunyosi. Bularning bari bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan.

«Kampirravot»ning narigi tomonidagi Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Arslonbob yerlari olis-olisdan ko‘rinib turadi.

Andijon viloyat turizm boshqarmasi vakili Bekzodbek Yusupov bizga hamrohlik qilayotgani juda yaxshi bo‘ldi. Soha xodimidan ekoturizm loyihasi bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘ldik.

«Kampirravot»ning ma’lum bir qismi ekoturistik zonaga aylanadi

Ajoyib yangilik. Uzoq yillardan beri ko‘pchilik uchun yopiq bo‘lgan «Kampirravot» suv ombori hududi endi mahalliy va chet ellik turistlar uchun ochiladi. Faqat zo‘r tabiatga ega joyni sayyohlar kelishi uchun tayyorlashga katta miqyosdagi ishlar kutib turibdi.

Andijon turizm boshqarmasi vakili Bekzodbek bu haqda shunday deydi: «Ma’lumki, ayni paytda an’anaviy ziyorat va gastronomik turizm bilan birgalikda ekoturizmga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Mana shu ko‘rib turganimiz «Andijon» suv ombori hududida ham ekoturistik zona tashkil qilish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilishni rejalashtirganmiz. Insonlar go‘zal tabiat manzaralaridan bahramand bo‘lishlari kerak. Ayni paytda jahon talablaridagi turistik maskan yaratish borasida chet ellik investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda».

To‘g‘risi, mazkur joylarning bor go‘zalligini anglash uchun albatta bir bora qadam bosib ko‘rish kerak. Shunda siz dunyoning eng zo‘r kurortlaridan qolishmaydigan tabiatimiz borligini tasavvur qilasiz.

Sayohatimiz davomida Xonobod tog‘, adirlarining chiroyi, suv ombor hududidagi ko‘rganlarimizni foto va video tasvirlarga tushirdik.

Suv ombori haqidagi ikkinchi hikoyamiz to‘g‘on va energiya ishlab chiqaruvchi hudud haqida bo‘ladi.

Источник

«Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi

Soxa mutaxassislaridan iborat 30 kishilik komissiya tekshiruvidan so‘ng «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi. Loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida qatnashgan 9 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoqqa olingan. Hozirda qurilishga sarflangan mablag‘larning asosliligi o‘rganilmoqda. Dastlabki tergov muddati 5 oyga uzaytirildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 1 may kuni yuz bergan «Sardoba» suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi va buning oqibatida katta hajmdagi yer maydonlarini suv bosishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida dastlabki tergovga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Aniqlanishicha, suv ombori 2010−2017 yillarda qurilgan bo‘lib, loyihaga buyurtmachi sifatida «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK (Suv xo‘jaligi vazirligi), bosh loyihachi — «UzGip» MCHJ, bosh pudratchi — «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ) tanlangan. Suv ombori qurilishiga davlat byudjetidan 1,2 trln so‘m sarflangan.

Suv omboridan foydalanish «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Sardoba suv ombori ob’ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi» tomonidan amalga oshirilgan.

Dastlabki tergovning har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida quyidagi asosiy taxminlar tekshirildi. Loyihalashdagi xatoliklar, qurilish jarayonida me’yorlarga rioya qilmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar, tabiiy ofat.

Mazkur 4 ta taxmin tegishli ekspertiza muassasasi ekspertlaridan va gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, qurilish ekspertizasi, tuproq va suvning xossalari va boshqa bir qator masalaga daxldor sohalarga mansub 30 nafar mutaxassisdan iborat Komissiya yordamida tekshirildi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:

Loyiha hujjatlaridagi xato va kamchiliklar

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tegishli ekspertizadan o‘tib, tasdiqlanganidan keyin ishchi-loyiha hujjatlarini tayyorlash vaqtida konstruksiyaga (qiyaliklarning balandlikka nisbati, himoya va filtirlovchi qoplamalarning xarakteristikalariga) loyihachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan, asoslantirilmagan holda, to‘g‘onning ishonchliligi va turg‘unligini ta’minlamaydigan darajaga olib kelgan o‘zgartirishlar kiritilgan.

Qurilishdagi xato va kamchiliklar

To‘g‘onning tanasini tashkil qilgan tuproqning zichligi loyihaviy talabdagidan past va tuproq yot jismlardan tozalanmaganligi oqibatida ular chirib, bo‘shliqlar hosil qilgan, himoya qatlamiga yotqizilgan xarsang toshlarning diametri loyihadagi o‘lchamlardan bir necha bor katta bo‘lgan holda, xarsang tosh qoplamasi loyiha hujjatida belgilangan qalinlikdan kam, toshlar notekis, sifatsiz joylashtirilgan va katta diametrli toshlar o‘rtasidagi bo‘shliqlar mayda toshlar bilan to‘ldirilmagan.

Ekspluatatsiyadagi xato va kamchiliklar

Ekspluatatsiya jarayoni bilan bog‘liq jiddiy moddiy va nomoddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, to‘g‘onga xizmat ko‘rsatuvchi «Sardoba suv ombori ob’ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi»ning bevosita to‘g‘onga xizmat ko‘rsatuvchi tarkibi zaruriy moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanmagan. Boz ustiga, o‘tkazilgan malaka attestatsiyasi ekspluatatsiyaga jalb etilgan xodimlarning 56% zaruriy bilimga (ixtisos), 82% malaka va tajribaga ega emasligini va buning oqibatida to‘g‘onga sifatli xizmat ko‘rsatishga, o‘pirilishi kabi favqulodda xodisalarga olib keluvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlashga qodir emasligini ko‘rsatdi.

Yuqorida aniqlangan holatlarni inobatga olgan holda, ekspertiza suv omborini loyihalash, qurish hamda ekspluatatsiya qilish jarayonidagi qayd etilgan xato va kamchiliklar, suv ombori qurilishi 2-bosqichi davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsada, to‘la hajmda suv to‘planganligi yakka tartibda yoki ularning majmui to‘g‘on o‘pirilishiga sabab bo‘lganligi haqida xulosaga kelgan.

Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘on qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor 9 nafar shaxs, jumladan buyurtmachi «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK, loyihachi «UzGip» MCHJ, bosh pudratchi — «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK, pudratchi tashkilot «Rezaksoy suv qurilish» UK, «To‘palang Sherobod» SHK, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdor shaxslarining bir guruhi Jinoyat kodeksining tegishli (167, 205, 207, 209, 258) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, kamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida qurilishga sarflangan byudjet mablag‘larining asosliligini tekshirish maqsadida hujjatli taftish va bajarilgan ishlar hajmlarining nazorat o‘lchovi tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mutaxassislari rahbarligida mutasaddi idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari olib borilmoqda.

Tergov organi tomonidan jinoyatning sabablari, unga imkon bergan shart-sharoitlarni, aybdor shaxslar doirasini aniqlash bilan birga, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora — tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Dastlabki tergovni har tomonlama va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida hamda jinoyat ishining murakkabligi va katta hajmdaligini inobatga olib, dastlabki tergov muddati Bosh prokuratura tomonidan 5 oyga uzaytirildi.

Источник

Оцените статью