Kusto kamandasi suv osti sarguzashtlari

Jak Kusto (Islomni qabul qilishi)

Jacques-Yves Cousteau (talaffuz: Jak-Iv Kusto; 11-iyun, 1910 – 25-iyun, 1997), fransuz harbiy dengiz zobiti, ekspeditsiyachi, ekolog, rejissor, ixtirochi, olim, fotograf, muallif va tadqiqotchi. Asosan dengiz va boshqa barcha suv havzalarini o’rganishga umrining ko’p yillarini bag’ishlagan. U, suv ostida harakatlanish imkonini beruvchi avtonom skafandr yaratuvchilaridan biridir. [1] Bundan tashqari u, Fransiya Fanlar Akademiyasining a’zosi bo’lgan. Uning eng ommabop ismi Qo’mondon yoki kapitan Kusto edi [2] .

Contents

Musulmonlarning iddaosi

Ko’pchilik musulmonlarning aytishicha, Kusto Qur’onda keltirilgan «islomiy mo’jiza» guvohi bo’lgandan so’ng o’zini musulmon deb e’lon qilgan. Unga ko’ra «har xil tuzlanish darajasiga ega bo’lgan suvlar o’rtasidagi ko’rinmas chegara tufayli bir biri bilan aralashib ketmaydilar». Mana, bu haqda qanday hikoya qilinadi:

Musulmonlarning fikriga ko’ra Kusto Qur’onning 25-surasi bo’lmish Al-Furqonning 53-oyatida keltirilgan «U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo’ydi. (Ammo) u ikkisining o’rtasida bir to’siq bo’lib, ular (o’sha to’siqdan) oshib o’tmaslar» jumlasiga tan berib Qur’onni ilohiy kitob deb tan olib, o’zini Islomni qabul qilganini e’lon qilgan. [4]

Tahlil

«Kusto Jamiyati»

«Kusto Jamiyati»ga (asl nomlanishi «Kusto Fondi» 1992-yilgacha) Jak Iv Kustoning o’zi tomonidan asos solingan bo’lib, u hozirda Kustoning ikkinchi rafiqasi Fransin Kusto tomonidan boshqarilib kelinmoqda. [5]

Ushbu xatda (1991-yil) o’sha davrda «Kusto Jamiyati»da Missiya boshlig’i lavozimida ishlayotgan Didye Serso, sovuqlik bilan Kustoni Islomni qabul qilmaganligi haqida xabar beradi. Eslatib o’tamiz, ushbu xat «Kusto Fondi»ning rasmiy bayonnomasi bo’lib, unga qarama-qarshi rasmiy hujjatlar e’lon qilinmagan.

Читайте также:  Ремкомплект тормозного цилиндра renault duster

Janob Sharl TUKER

11A Pennashi yo’li

69230 ST GENIS LAVAL

Parij, 2-noyabr, 1991

Biz sizning xatingizni oldik va bizning faoliyatimizga bo’lgan qiziqishingiz uchun sizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga shuni aniqlashtirib o’tamizki, Qo’mondon Kusto musulmonchilikni qabul qilmagan va bu mish-mishlar esa hech qanday asossiz ravishda tarqatilgan.

Kustoning oilasi

«Forbes» jurnalining 2004-yil, 18-mayda xabar berishicha, musulmon dunyosida tarqatilayotgan mish-mishlar Kustoning oilasi tomonidan rasmiy ravishda rad etilgan.

Kustoning so’zlaridan

Quyidagi yozuvlar Internetda keng tarqalgan bo’lib, unga ko’ra Kusto har xil okeanlar suvini aralashmasligi hodisasini o’rgangandan so’ng bu haqda Qur’onda «nimadir» deyilganini hisobga olib Islomni qabul qilgan.

Bu jumlalar turklar tomonidan nashr etilgan «Mana nima uchun ular musulmon bo’ldilar» (The Reasons Why They Become Muslims) degan kitoblar ruknidan olingan bo’lib, bu kitoblar Islomiy tahririyat bo’lmish Waqf Ikhlas Publications tomonidan nashr qilingan va hech qanday ishonchli manbalar bilan tasdiqlanmagan.

Kustoning dafn marosimi

Jak Iv Kusto 25-iyun 1997-yilda yurak xuruji oqibatida Parijda 87 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi Islomiy tarzda o’tkazilmagan, aksincha, Kusto nasroniylikning Katolik-Roman urf-odatlari asosida dafn qilinadi. Kusto o’z oilasinig odatiy qabristoni bo’lmish Fransiyaning Sen Andre de Kubzak shaharchasidagi shu nom bilan ataluvchi qabristonga dafn qilingan. [7] [8]

Sen Andre de Kubzak shahri Kusto uchun motam marosimi uyushtirib, uning nomiga «Qo’mondon Kusto» ko’chasini tashkil qilishadi. Mazkur ko’cha Kustoning tug’ilib o’sgan uyiga olib boruvchi ko’cha bo’lib, uning bolalik yillari o’tgan uyi oldiga maxsus yodgorlik o’rnatiladi.

Xulosa

Kustoning Islomni qabul qilganligi haqidagi axborotlar faqatgina Islomning targ’ibot va tashviqoti bilan shug’ullanuvchi tahririyatlar tomonidan keltirilgan bo’lib, u hech qanday xolis va betaraf manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Kustoning o’zi tomonidan tashkil qilingan «Kusto Jamiyati» bu mish-mishlarda hech qanday asos yo’qligini shaxsan tasdiqlab bergan. Eslatib o’tamiz, mavjud tasdiq «Kusto Jamiyati» tomonidan rasmiy ochiq xat tarzida e’lon qilingan va bu e’lon qilinish paytida Jak Kusto nafaqat tirik bölgan, balkim o’sha jamiyatning boshqaruvchisi ham bo’lgan. Shunday ekan, bu rasmiy xat shaxsan Kusto tomonidan e’lon qilinmagan bo’lsada, xat elon qilinmasidan oldin Kustoning e’tiboriga havola etilgan. Xat e’lon qilingandan so’ng ham Kusto bunga hech qanday raddiya bildirmagan.

Kustoning oilasi hurmat bilan bu ig’volarni bir necha bor rad qilgan; bundan tashqari u xristian cherkoviga tegishli bo’lgan qabristonga Katolik-Roman urf-odatlari bilan dafn etilgan. O’limidan oldin Kusto o’zini Islomga kirganligi haqida hech qanday bayonot yoki axborotlarni taqdim etmagan, bunga ishora qiluvchi hech qanday hatti-harakatlarni ham amalga oshirmagan.

Qarang

  • Converts to Islam
  • Notable Former Muslims
  • Lying— A hub page that leads to other articles related to lying
  • Fake Conversions— A hub page that leads to other articles related to Fake Conversions
  • Bu sahifa shuningdek bu tillarda ham mavjud: inglizcha, fransuzcha. Boshqa tillar uchun chapdagi panelga qarang.

Источник

Okeanshunos olim Jak-Iv Kusto islom dinini qabul qilganmi?

Islom dinini qabul qilgan shaxslar orasida dunyoga mashhur shaxslar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo fransiyalik okeanshunos olim Jak-Iv Kustoning “islom dinini qabul qilganmi yoki qabul qilmaganmi”, degan savol matbuot va internet foydalanuvchilari orasida keng bahs va muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Xo‘sh, Kustoning islom dinini qabul qilganligi haqidagi ma’lumot qayerdan paydo bo‘ldi? Kapitan Jak-Iv Kusto suv osti dunyosini o‘rganishi bilan tanilgan. U o‘n yillab suv osti tizimlarini tadqiq etgan.

Okeanshunos olim izlanishlar olib borayotgan kunlarining birida ajoyib tabiat hodisasiga duch keldi. Ya’ni, Atlantika okeani va O‘rta yer dengizi suvlari, ularning orasida hech qanday to‘siq bo‘lmasa-da, bir-biri bilan aralashmasdi. Go‘yo ularning o‘rtasidan ko‘rinmas to‘siq tortilgandek edi. Bu borada Kustoning shunday deydi:

“1962 yilda Bab-al-Mandeb bo‘g‘ozining Aden ko‘rfazi suvlari va Qizil dengiz suvlari to‘qnashadigan joyda suvning bir-biri bilan aralashmasligini nemis olimlari aniqladi. Hamkasblarim izidan borib, biz Atlantika okeani va O‘rta yer dengizi suvlari o‘zaro aralashishi yoki aralashmasligini aniqlashga kirishdik. Dastlab O‘rta yer dengizi suvini, uning tabiiy sho‘rlik darajasini, zichligini va dengiz hayot shakllarini o‘rganib chiqdik. Atlantika okeani suvlari ustidan ham xuddi shunday tadqiqotlar olib bordik. Suvning ushbu ikki massasiga Gibraltar bo‘g‘ozida ming yillardan beri to‘qnash kelinadi. Suvning bu o‘lkan ikki massasi uzoq yillar davomida aralashib ketishi, ularning sho‘rlik darajasi va zichligi bir xil holatga kelishi kerak edi. Biroq suvlar o‘zaro jipslashgan holatlarda ham har biri o‘z hususiyatlarini saqlab turardi. Boshqacha qilib aytganda, suvlarning massasi birlashganda suv pardasi ularning aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Fan nuqtai nazaridan tushuntirib bo‘lmaydigan ushbu holat haqida professor Moris Byukalyuga so‘zlab berdim. U bu holatning hayratlanadigan joyi yo‘qligini va ushbu tabiat hodisasi to‘g‘risida insoniyatga bundan 1400 yil ilgari Yaratgan tomonidan yuborilgan, musulmonlarning muqaddas kitobi – Qur’oni karimda aniq va ravshan qilib atilganligini ta’kidladi.

Bu gap menga chaqmoq urgandek ta’sir qildi. Haqiqatdan, Morisning gaplari to‘g‘ri edi. Bunga Qur’oni karimning tarjimasini o‘qiganimdan so‘ng amin bo‘ldim. O‘shanda “Qasam ichaman, zamonaviy fan 1400 yil ortda qolayotgan — Qur’on, inson tomonidan aytilgan (yaratilgan) bo‘lishi mumkin emas! Bu Yaratganning asl so‘zi”, deb qichqirib yubordim.

Shundan so‘ng Islom dinini qabul qildim va ushbu dinning haqiqiy, adolatli, yengil va foydali ekanligiga kundan-kun ishonchim komil bo‘la boshladi”.

Lekin Jak-Iv Kustoning islom dinini qabul qilganligini tasdiqlaydigan biron bir hujjat saqlanmagan. Bundan tashqari, Kustoning oilasi a’zolari ham okeanshunos olimning Islom dinini qabul qilganligi to‘g‘risidagi gap so‘zlarni rad etishgan (Forbes jurnali, 2004 yil, may).

Jak-Iv Kusto 1997 yil 25 iyun kuni yurak xuruji oqibatida vafot etgan.

Источник

Rossiya suv osti kemasining AQShga yadroviy zarba berishi modellashtirildi

AQShning We Are The Mighty portali Rossiyaning “Borey” turidagi suv osti kreyserining AQShga yadroviy qurol bilan zarba berishi oqibatlarini modellashtirdi.

Nashrning ta’kidlashicha, “Bulava” raketalari bilan qurollangan “Yuriy Dolgorukiy” suv osti kemasi nazariy jihatdan AQShning o‘nlab shaharlarini yo‘q qila oladi. Undagi 16 ta “Bulava” raketasidan har biri 9 ming kmgacha masofani o‘ta oladi: suv osti kemasi Gavayidan g‘arbda bo‘la turib, Nyu-Yorkka zarba berishi mumkin.

Maqola mualliflarining fikricha, Rossiya raketalarining olisga ucha olishi asosiy ustunligi hisoblanmaydi. AQSh bilan mojaro holatida Rossiya AQShning aksariyati Gavayida joylashgan mudofaa ob’ektlarini yo‘q qilishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi. Bunda hujum uchun eng yaxshi nuqta Meksika ko‘rfazi hisoblanadi: bu yerdan raketalar AQShning istalgan shtatigacha yeta oladi.

“Godzilla kabi, biroq undan vayronkorroq va qirg‘inbarotroq yirtqich Meksika ko‘rfazi ostidan ko‘tariladi”, deyilgan nashrda.

Ta’kidlanishicha, ballistik raketalardan har biri kuchi 100 kilotonnadan ko‘proq bo‘lgan 6 ta bo‘laklanuvchi jangovor blokni tashiydi. Shu tariqa, raketaning umumiy portlash kuchi 9 ming kilotonnadan ko‘proqni tashkil qiladi, 96 ta jangovar kallak AQShning o‘nlab shaharlari va harbiy ob’ektlariga yetib borgan bo‘lardi. Mualliflarning fikricha, zarba holatida Shayenn tog‘i ichidagi Shimoliy Amerikaning havo-koinot mudofaasi qo‘mondonligi shtabi but qolishi mumkin, biroq Pentagon, Kapitoliy, Oq uy, ANB bosh qarorgohi va boshqa ko‘plab strategik ob’ektlar katta ehtimollik bilan yo‘q qilinadi.

“Yuz minglab odamlar halok bo‘ladi, o‘nlab yadroviy bombardimonchilar, suv osti kemalari va raketalar yo‘q qilinadi. Va buning barchasi dushmanning birgina suv osti kemasidan amalga oshiriladi”, deb ta’kidlab o‘tilgan maqolada.

Biroq ekspertlar bunday ssenariyni “dahshatli nazariya” deb hisoblashga chaqirishgan, chunki birorta ham raqib o‘z davlatini yo‘qotmagan holda yadroviy hujumni boshlay olmagan bo‘lardi.

«Borey» va «Borey-A» loyihasidagi suv osti kreyserlari yaqin o‘n yilliklarga Rossiyaning dengizdagi strategik yadroviy kuchlarining negizi bo‘lishga chaqirilgan. 2020 yilgacha bu turdagi 8 ta suv osti kemasini qurollanishga olish rejalashtirilgan.

Kreyserning uzunligi 170 metrni, eni 13,5 metrni, suv osti suv sig‘imdorligi 24 ming tonnani tashkil qiladi. Atom suv osti kemasi “Bulava-30” qit’alararo ballistik raketasidan 16 tasini olib yura oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Источник

Россия сув ости кемасининг АҚШга ядровий зарба бериши моделлаштирилди

АҚШнинг We Are The Mighty портали Россиянинг “Борей” туридаги сув ости крейсерининг АҚШга ядровий қурол билан зарба бериши оқибатларини моделлаштирди.

Нашрнинг таъкидлашича, “Булава” ракеталари билан қуролланган “Юрий Долгорукий” сув ости кемаси назарий жиҳатдан АҚШнинг ўнлаб шаҳарларини йўқ қила олади. Ундаги 16 та “Булава” ракетасидан ҳар бири 9 минг кмгача масофани ўта олади: сув ости кемаси Гавайидан ғарбда бўла туриб, Нью-Йоркка зарба бериши мумкин.

Мақола муаллифларининг фикрича, Россия ракеталарининг олисга уча олиши асосий устунлиги ҳисобланмайди. АҚШ билан можаро ҳолатида Россия АҚШнинг аксарияти Гавайида жойлашган мудофаа объектларини йўқ қилишига тўғри келган бўларди. Бунда ҳужум учун энг яхши нуқта Мексика кўрфази ҳисобланади: бу ердан ракеталар АҚШнинг исталган штатигача ета олади.

“Годзилла каби, бироқ ундан вайронкорроқ ва қирғинбаротроқ йиртқич Мексика кўрфази остидан кўтарилади”, дейилган нашрда.

Таъкидланишича, баллистик ракеталардан ҳар бири кучи 100 килотоннадан кўпроқ бўлган 6 та бўлакланувчи жанговор блокни ташийди. Шу тариқа, ракетанинг умумий портлаш кучи 9 минг килотоннадан кўпроқни ташкил қилади, 96 та жанговар каллак АҚШнинг ўнлаб шаҳарлари ва ҳарбий объектларига етиб борган бўларди. Муаллифларнинг фикрича, зарба ҳолатида Шайенн тоғи ичидаги Шимолий Американинг ҳаво-коинот мудофааси қўмондонлиги штаби бут қолиши мумкин, бироқ Пентагон, Капитолий, Оқ уй, АНБ бош қароргоҳи ва бошқа кўплаб стратегик объектлар катта эҳтимоллик билан йўқ қилинади.

“Юз минглаб одамлар ҳалок бўлади, ўнлаб ядровий бомбардимончилар, сув ости кемалари ва ракеталар йўқ қилинади. Ва бунинг барчаси душманнинг биргина сув ости кемасидан амалга оширилади”, деб таъкидлаб ўтилган мақолада.

Бироқ экспертлар бундай сценарийни “даҳшатли назария” деб ҳисоблашга чақиришган, чунки бирорта ҳам рақиб ўз давлатини йўқотмаган ҳолда ядровий ҳужумни бошлай олмаган бўларди.

«Борей» ва «Борей-А» лойиҳасидаги сув ости крейсерлари яқин ўн йилликларга Россиянинг денгиздаги стратегик ядровий кучларининг негизи бўлишга чақирилган. 2020 йилгача бу турдаги 8 та сув ости кемасини қуролланишга олиш режалаштирилган.

Крейсернинг узунлиги 170 метрни, эни 13,5 метрни, сув ости сув сиғимдорлиги 24 минг тоннани ташкил қилади. Атом сув ости кемаси “Булава-30” қитъалараро баллистик ракетасидан 16 тасини олиб юра олади. “Замин” янгиликларини “Одноклассники”да кузатиб боринг

Источник

Dunyoni qaytadan kashf etgan olim

Jak Iv Kusto nomi butun olamga mashhur. Serqirra olimning suvosti sarguzashtlari, qiziqarli filmlarini koʻrgan ham boʻlsangiz kerak. Dunyo tan olgan tadqiqotchining mashaqqatli ijod yoʻlini oʻrganib, u ulkan yutuqlarga bejizga erishmaganiga ishonch hosil qilasiz.

Olis-olis bolalik

Jak Iv Kusto (fransuzchada Jacques-Yves Cousteau) Fransiyaning Bordo viloyatiga qarashli Sent Andre de Kyubzak shaharchasida huquqshunos Daniel va Elizabet Kustolar xonadonida tugʻildi. Daniel Kusto yurist boʻlgani sababli uzoq muddatli safarlarga koʻp borar, u bilan oilasi ham sayru sayohatga chiqardi.

Jak yoshligidanoq suv osti dunyosiga qiziqa boshlaydi. Yetti yoshida surunkali ingichka ichak yalligʻlanishi bilan ogʻrib qoladi. Oila shifokori ogʻir ishlar bilan shugʻullanmaslikni tavsiya etadi. Ana shu kasallik tufayli Kusto juda ozgʻin boʻlib oʻsadi.

Birinchi jahon urushi yillari Daniel Kusto ishdan ayriladi, biroq urushdan keyin amerikalik tadbirkor Yevgeniy Xigginsning kompaniyasida ish topadi. U juda koʻp safarga chiqar, aka-uka Pyer Antuan va Jak Iv esa maktabda oʻqir edi. Bolalar yilning asosiy vaqtini maktab-internatda yashab oʻtkazardi. Kusto suzishni juda erta oʻrganadi va dengizga bir umrlik mehr qoʻyadi.

1920 yili Yevgeniy Xiggins Nyu Yorkka qaytadi, Kustoning oila ham uning izidan Amerikaga ravona boʻladi. Jak Iv va Pyer AQSH maktabida oʻqiy boshlaydi va inglizchada ravon soʻzlashni oʻrganadi. 1922 yili Xiggins va u bilan birga Kustolar oilasi ham Fransiyaga qaytib keladi. Amerikada boʻlgan payti Jak Iv mexanika va dizaynga qiziqib qolgan, bu sohalarni oʻrganishga kirishgan edi. Ana shu oʻrganish va intilishlar samarasi oʻlaroq Fransiyaga kelgach, batareyaga yuradigan avtomobil yasaydi. Bu kabi kichik ixtirolar kelajakdagi ulkan kashfiyotlarga zamin yaratadi.

Kusto tejab qolgan va ishlagan pullariga kinokamera sotib oladi. Bu uning rejissyorlik faoliyatidagi ilk kinokamera edi. Garchi u juda koʻp sohalarga qiziqqan boʻlsa-da, muntazam taʼlim ololmaydi. Bir qancha vaqt oʻtgach, ota-onalari uni maxsus internatga joʻnatadi. Jak bu oʻquv dargohini aʼlo baholar bilan bitiradi.

Harbiy xizmat yillari

1930 yili Kusto Brest harbiy-dengiz bilim yurtiga oʻqishga kiradi. Shu yerda kichik guruh bilan birga “Janna D’Ark” kemasida dengiz sayohatiga chiqadi. Bilim yurtini tugatib, praporshʼik unvoniga ega boʻlgach, Shanxaydagi harbiy-dengiz bazasiga ishga joʻnatiladi. Kusto Dengiz aviatsiasi akademiyasiga oʻqishga topshirishga qaror qiladi, biroq togʻ yoʻlida avtomobil halokatiga uchragach, bu fikridan voz kechadi. Halokat paytida bir nechta qovurgʻasi va chap qoʻl barmoqlari singan, oʻpkasi zararlanib, oʻng qoʻli falaj boʻlib qolgandi. Sakkiz oy davolanadi. Qiyinchilik va uqubatlar ortda qolgach, 1936 yili “Syufren” tezyurar kemasiga instruktor boʻlib ishga kiradi.

Bir kuni doʻkon aylanayotib suv ostida taqishga moʻljallangan koʻzoynakni koʻrib qoladi. Koʻzoynakni sotib oladi va endi butun hayoti suvosti dunyosi bilan chambarchas bogʻliq ekanini tushunadi.

Zinapoyalar

1937 yili Simona Melixorga uylanadi. Undan Jan Mishel va Filipp ismli ikkita oʻgʻil koʻradi.

1950 yili Kusto Tomas Loel Ginnesdan “Kalipso” kemasini ijaraga oladi. Olim keyinchalik mashhur boʻlib ketgan an ashu kemada okeanshunoslik tadqiqotlariga kirishadi. Bir paytlar baliq ovlashga xizmat qilgan kema ochiq okean va suv ostida tadqiqotlar olib borish uchun moslanib, kerakli asbob-uskunalar, aloqa laboratoriyasi bilan jihozlanadi.

1953 yili Federik Dyuma bilan birgalikda “Jimjitlik olamida” nomli kitob yozadi. Ayni shu asari sababli koʻpchilikning eʼtibori va eʼtirofiga sazovor boʻladi. Kitob asosida suratga olingan film 1956 yili “Eng yaxshi hujjatli film” yoʻnalishida “Oskar” hamda Kann kinovestivalida “Oltin palma novdasi” mukofotlariga loyiq topiladi.

1957 yili Kusto Monakodagi Okeanshunoslik muzeyi direktori etib tayinlanadi.

Ijod, tadqiqot va kashfiyot

Kustoning “Jimjitlik olami” asarida yozilishicha, u 1938 yili Federik Dyuma va Filipp Talye bilan birga turli niqoblar, naycha va kurakoyoqlar yordamida suvosti dunyosini oʻrgana boshlaydi. Ayrim suv hayvonlarining oyoq panjalari yoki barmoqlari bir-biriga birlashib ketgani, pardalar orqali tutashganini koʻrgansiz. Masalan, oddiy qurbaqaning panjalari shunaqa boʻladi. Bunday kurakoyoqlar tez suza olish uchun asqatardi. Kusto suv hayvonlaridagi ana shu tabiiy xususiyatdan ustalik bilan foydalanadi. Maxsus kurakoyoq suzgichlar yasaydi.

1943 yili Emil Ganyan bilan akvalangni ixtiro qiladi. Bu esa ilk bor suvostida uzoq muddatli tadqiqot va kuzatishlar olib borish imkonini beradi. Natijada suvosti olami haqidagi zamonaviy ilmlar jadal surʼatlarda rivojlana boshlaydi. Kusto suv oʻtkazmaydigan kameralar, yoritgich asboblar va birinchi suvosti televizion tizimini ham kashf etadi.

1959 yili birinchi kichkina suvosti kemasi “SP350”ni bunyod etishda qatnashadi. Bu mitti kemachaga ikki kishi bemalol sigʻar, 370 metrgacha suv tubiga tushib, atrofni kuzatish va tasvirga olish mumkin edi.

1962–1965 yillarda Kusto va uning jamoasi suv ostida yashash imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha sinovlar oʻtkazadi. Jamoa aʼzolari bir haftadan toʻrt haftagacha suv ostidagi maxsus uylarda yashaydi.

1973 yili u dengiz muhitini oʻrganuvchi notijorat “Kusto jamiyati”ga asos soladi. Shu yili jamiyat Atlantika okeanining mislsiz goʻzalliklarini kashf etish uchun bir necha bor safar uyushtiradi.

1981 yili Parijda Kusto jamgʻarmasi tashkil etiladi. Kapitan turli millatga mansub olimlarni toʻplab, Amazonka daryosi havzasini oʻrganadi.

Ulkan meros va eʼtirof

Kusto oʻzini “okeanshunos texnik” deb atashni xush koʻrardi. Aslini olganda, u juda koʻp sohalarning ustasi esa. Mohir rejissyor, yozuvchi, suratkash, ixtirochi, pedagog va hokazo. Eng asosiysi u tabiat shaydosi, borliqqa chin koʻngildan mehr qoʻygan inson edi. Uning ilmiy-ijodiy ishlari yangilikka ishtiyoqmand odamzod uchun yangi bir dunyo – “moviy qitʼa” sirlarini ochib berdi.

Kusto yigirmaga yaqin asar yozdi. Biroq uni yanada mashhur qilgan narsa filmlari boʻldi. “Kusto komandasining suvosti sarguzashtlari”, “Koinot vohalari”, “Amazonka”, “Dunyoning qaytadan kashf etilishi” turkumidagi kinoasarlari koʻp tillarga oʻgirilib, olamshumul shuhrat qozondi.

Bu tinib-tinchimas, zahmatkash insonga juda koʻp yirik mukofotlar, orden va medallar topshirildi. Vafotidan keyin ham hurmat-ehtirom tariqasida yuksak unvonlarga loyiq koʻrildi.

2009 yilning 17 noyabrida Meksikaga qarashli Serralvo oroli nomi oʻzgartirilib, unga buyuk okeanshunos olim Jak Iv Kusto nomi berildi.

“Kusto jamiyati” va Kusto komandasi hozir ham faoliyat yurityapti. Ular suvosti dunyosini oʻrganish, turli xayriya tadbirlari oʻtkazish bilan shugʻullanmoqda.

Hikmat, hayrat va haq yoʻli

Kusto okeanlar, dengiz va daryolarning sirli olami haqidagi koʻp qismli “Tirik dengiz” telekoʻrsatuvlarini tayyorlar edi. Shu loyihani tayyorlash jarayonida bir gʻaroyib hodisaga duch keladi: Atlantika okeani va Oʻrtayer dengizi suvlari oʻrtada toʻsiq yoʻq boʻlishiga qaramay, bir-biriga qoʻshilmasdi.

– 1962 yili, – deb hikoya qiladi Kusto, – olmon olimlari Bob al-Mandeb boʻgʻozida Qizil dengiz va Hind okeani suvlari bir-biriga qoʻshilmasligini aniqlagan edi. Biz ham Atlantika okeani va Oʻrtayer dengizi suvlarida sinov oʻtkazishga qaror qildik. Oldin Oʻrtayer dengizining shoʻrligi, zichligi va oʻziga xos jihatlarini oʻrgandik. Xuddi shunday tadqiqot Atlantika okeanida ham oʻtkazildi. Bu ikki suv massasi Jabaltariq (Gibraltar) boʻgʻozida ming yillardan beri toʻqnashadi, mantiqan olib qaraganda, ulkan suv massalari bir-biriga qoʻshilib ketishi, hech boʻlmaganda ularning shoʻrligi va zichligi oʻxshash boʻlishi kerak edi. Biroq ular bir-biriga juda yaqin kelgan joylarda ham oʻziga xoslik butunlay saqlangan. Boshqa soʻz bilan aytganda, suv massalarini qandaydir koʻrinmas parda ajratib turardi. Bu moʻjiza haqida professor Moris Byukalga soʻzlab berdim. U esa bu hech qanday hayron qolarli voqea emasligi, suvlarning qoʻshilmasligi toʻgʻrisida Islomning Muqaddas Kitobi – Qurʼoni karimda 1400 yil oldin odamzodga maʼlum qilinganini aytdi. Bu men uchun xuddi tip-tiniq osmonda birdan momaqaldiroq gumburlaganday edi. Qurʼoni karim tarjimalarini varaqlab koʻrgach: “Qasam ichaman, bu Muqaddas Kitob, zamonaviy ilm 1400 yilga orqada qolayotgan ushbu Qurʼon inson soʻzlari boʻlishi mumkin emas! Bu Yaratganning Kalomidir!”, deb hayqirib yubordim. Shundan soʻng Islomni qabul qildim va kundan-kunga bu dinning haqqoniyati, adolatparvarligi, qulayligi va foydalarini sezdim. Koʻzlarimga haqiqatni ochiq-oydin koʻrsatgani uchun Allohga beadad shukrlar aytaman.

Shunday qilib, ulkan suvlarning qoʻshilmasligi hikmati Kustoni avval hayratga soldi, soʻng haq yoʻliga olib bordi.

“Jimjitlik olami”ga sayr

Buyuk olim 1997 yilning 17 noyabrida dunyodan oʻtdi – “jimjitlik olami”ga ketdi. Oʻzi tugʻilgan Sent Andre de Kyubzak shaharchasi qabristonidagi Kustolar daxmasiga dafn etildi.

Uning bebaho kashfiyotlari bugun ham olimlaru tadqiqotchilarning koriga yarayapti, qiziqarli filmlari butun dunyo boʻylab kezib yuribdi, kitoblari oʻqilyapti. Aslida, haqiqiy ijodkorning eng katta yutugʻi ham shu emasmi? Ayrim odamlar shundoqqina yoningda yashaydi, ularni kunda-kunora koʻrib turasan. Lekin borligini sezmaysan. Lekin Jak Iv Kusto singari chinakam fidoyi insonlar oʻzlari jisman yoʻq boʻlsa-da, ularning beqiyos ijodiy ishlari kunda-kunora ilm-maʼrifat ulashadi, zavq beradi.

Butun umrini Bahri Muhitni oʻrganishga, dunyoni qaytadan kashf etishga bagʻishlagan bu buyuk inson ilmga, borliqqa, hayotga muhabbat bor ekan biz bilan yonma-yon yashayveradi.

Источник

Оцените статью