- Birinchi jinsiy aloqa (chimildiq). Yosh juftliklar uchun zarur tavsiyalar
- Oy kunlarining surilishi
- Jinsiy aloqa vaqtida og‘riq…
- Qizlik pardasi saqlanib qolsa…
- Chimildiq, birinchi nikoh kechasida ko‘p takrorlanadigan xatoliklar
- Yangalarga aytar so‘zimiz…
- Chimildiq oldidan kuyov uchun maslahatlar…
- Qizlik pardasi — qanday olinishi, bokiralik pardasi haqida ma’lumot, tiklash usullari
- Fizologik aspekt
- Bokiralik olinganda qon chiqishi
- Qizlik pardasini olish haqida
- Defloratsiyani to’g’ri o’tkazish qoidalari
- Defloratsiyaning ijtimoiy ahamiyati
- Qizlik pardasini tiklash
Birinchi jinsiy aloqa (chimildiq). Yosh juftliklar uchun zarur tavsiyalar
Har bir erkak va ayolning hayotida yuz beradigan birinchi jinsiy aloqa aynan chimildiq ichida bo‘lishini madaniyatimiz, urf-odatimiz taqazo etadi. Umuman olganda chimildiqqa kirish baxtiga musharraf bo‘lganlar bor, bo‘lmaganlar ham bor. Har qanday holatda ham ilk jinsiy aloqa vaqtida barcha juftlarda tabiiy ravishda o‘ziga xos hayajonlanish holati kuzatiladi. Xo‘sh, ilk qovushish ko‘ngildagidek, esda qolarli bo‘lishi uchun nimalarga ahamiyat berish kerak, umuman tibbiy jihatdan chimildiqda nima qilinadi? Bugungi maqolamiz shu haqida. Ekspert androlog-seksopatolog Dilmurod ERGASHEV.
Oy kunlarining surilishi
To‘y kunidagi hissiyotlarni boshqarish qiyinligi rost. Axir ikki-uch yuz kishining diqqat markazidasizu, hayajonlanmay bo‘ladimi?! Biroq shunda ham o‘zingizni qo‘lga olishga harakat qiling. Chunki emotsional holatdagi qisqa buzilishlar hayz ko‘rish, ayrimlarda bosh va mushaklarda og‘riqqa ham sabab bo‘ladi. Tinchlantiruvchi yoxud og‘riqsizlantiruvchi preparatlarga yaxshisi murojaat qilmang (agar jiddiy sababingiz bo‘lmasa). Ushbu turdagi vositalarning aksariyati qonni suyultirishi bu esa hayz miqdorining ortishiga olib kelishi mumkin.
Birinchi nikoh kechasi kelinchakning hayzi boshlanib qolsa, qovushilmaydi. Buni yaxshi bilasiz. Ammo ayrim uddaburon yangalar, “Ajralma miqdori oz bo‘lsa, zarari yo‘q, vaqtni cho‘zmaylik” deya tavakkal qilishdan ham cho‘chimaydilar. Vaholanki, bunday holatda qovushish tibbiyotda ham, dinimizda ham man etiladi.
Jinsiy aloqa vaqtida og‘riq…
Yodingizda bo‘lsa sahifamiz orqali vaginizm haqida sirlashgandik. Qin mushaklarining spazmi bilan kechadigan vaginizm yaqinlikka monelik qilib, er-xotin qovusholmaydi. Kasallik sabablari orasida birinchi nikoh kechasidan, chimildiq voqeliklaridan hadiksirash, xususan og‘riq haqidagi tasavvurlar ham bor.
Aslida, ham ilk kechada og‘riq bo‘ladimi yoki yo‘q? Bu avvalo kuyovning “chimildiqda nima qilinadi” soʻroviga toʻla-toʻkis javob topganligi, muomalasi, xatti-harakati va kelinchakning umumiy ahvoliga bog‘liq. Tana qanchalik zo‘riqsa, mushaklar taranglashadi. Natijada qovushish payti og‘riq yoki qindan qon ketishi ham mumkin. Chunki bu paytda qin mushaklari tortilib, qovushishni osonlashtiradigan shilimshiq modda ajralishi yuz bermaydi.
Og‘riq, chimildiq ostonasidan qoʻrquvdan emas, balki jinsiy a’zo kasalliklari tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Shu bois ham to‘ydan avvalgi tibbiy tekshiruv g‘oyat muhim sanaladi.
Qizlik pardasi saqlanib qolsa…
Ajablanmang, shunaqasi ham bo‘ladi. Aslida, iffat pardasi qin dahlizi va uning bo‘shlig‘i orasida taxminan 1,5-3 sm. ichkarida joylashgan shilliq qavat burmalaridan iboratdir. Gimen, ya’ni qizlik pardasi anatomik tuzilishiga ko‘ra bir necha turlarda farqlanadi. Tibbiyotda qizlik pardasining buzilishi defloratsiya deb atalib, bu hodisa birinchi nikoh kechasi yuz beradi. Defloratsiyaning sodir bo‘lmasligi qizlik pardasining cho‘ziluvchanligi, mustahkamligiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, iffat pardasi qon-tomirlar va asab tolalari bilan o‘ta siyrak ta’minlansa yoki ulardan butunlay xoli bo‘lsa, qon chiqishi va og‘riq ro‘y bermasligi ehtimoli mavjud.
To‘ydan keyin bir necha kun davomida defloratsiya sodir bo‘lmasa, shubhaga berilmay ginekolog ko‘rigiga borish zarur. Mutaxassis qizlik pardasida kichik kesimlarni amalga oshirib, defloratsiya osonlashishi uchun imkon paydo qiladi.
Birinchi qovushishdan so‘ng 3-5 kun davomida jinsiy yaqinlikdan saqlanish lozim. Shu kunlar davomida gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilsa, qizliq pardasining chekkalari bitib, keyingi aloqa og‘riq va asoratlarsiz kechadi.
Chimildiq, birinchi nikoh kechasida ko‘p takrorlanadigan xatoliklar
Ba’zida qovushishdan so‘ng qizlik pardasining buzilishi evaziga ajralgan qon suyuqligi ichga ketib qoladi. Bunga sabab qovushish yuz berganidan so‘ng kelinchakning cho‘kkalab o‘tirmaganidir. Shuni deb ko‘p hollarda asossiz tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.
Gohida esa kelin-kuyov qovusha olmaydi. Bunga har ikkisi tarafdan ham ma’lum sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan:
- Kelinning jinsiy qovushishga ruhan tayyor bo‘lmasligi;
- Birinchi nikoh kechasi, chimildiq haqida turli uydirmalarga ishonish;
- Qo‘shilish vaqti kuyovga me’yoridan ortiq qarshilik ko‘rsatish, oyoqlarni qisib olish, itarish, jismoniy og‘riqdan xavfsirash erkak jinsiy maylini keskin so‘ndiruvchi omillardir.
O‘z o‘rnida yigit tomonidan ham ayrim xatolarga yo‘l qo‘yiladi:
- Yorini qovushishga tayyorlay olmaslik;
- Ayol jinsiy a’zolarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini tushunmaslik;
- Turli xil yallig‘lanish kasalliklari sabab mizoj susayishi;
- Jismoniy va ruhiy zo‘riqish, surunkali charchoq.
Yangalarga aytar so‘zimiz…
Avvallari nikoh toʻyida yangalar boʻlishiga oʻta tanqidiy qarar edim. Aynan mana shu odatimizni tushunolmagandek boʻlardim. Vaqt oʻtib oʻylab qarasam, aslida yangalar roli boshqayu, ahamiyati ham kattagina ekan. Faqat bizda oxirgi paytdagi yangalar yangi talqindagi “toʻgʻri” yangalar boʻlib qolishgandek ekan. Shu sabab odamlar orasida yangalarga boʻlgan munosabat ham yangi talqin olgan ekan. Mayli mavzudan biroz chalgʻidik.
Xullas, yangalar vazifalaringiz kelin boʻlmish yosh qizni yangi oilada yangi oilaviy hayotga tayyorlash. Baʼzan yangalar buni aynan teskarisini qilishadi.
Zimmangizga yuklatilgan vazifaga yengil qaramang. Imkonini topib, to‘ydan bir necha hafta (bir necha kun emas!) ilgari kelinchak bilan bafurja suhbatlashing. Birinchi nikoh kechasini qanday tasavvur qiladi, bu haqida nimalarni biladiyu, qay taxminlariga aniqlik kiritishingiz kerak. Albatta so‘rang.
Qovushish oldidan tahorat olish, undan keyin yuvinish qoidalarigacha erinmay o‘rgating. Bu keyingi hayoti uchun ham asqotadi. Er-xotin o‘rtasidagi nozik munosabatlarning ahamiyati, aslida ular qanday bo‘lishi kerak tushuntiring. Iloji boricha, soddaroq tilda gapirganingiz ma’qul. “Shu ish bo‘lmasa, boshimiz xam bo‘ladiya” kabi po‘pisalarni esa bas qiling.
Qizgina shundoq ham turli o‘ylar bilan band. Kamiga siz ham uni tashvishga qo‘ymang. Yaxshisi qovushish vaqti nimalarga amal qilishi, o‘zini qanday tutishi singari holatlarni o‘rgating.
Ha-ya, eshik ortida poyloqchilik qilishingizni takrorlayverib, yoshlarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmang. Bu ham qovushish payti havotirni paydo qilib, “Eshitib qolishsachi?” degan hayolga chorlayveradi.
Chimildiq oldidan kuyov uchun maslahatlar…
- Birinchi nikoh oqshomidan asosiy maqsad tezroq qovushib, defloratsiyani amalga oshirish deb o‘ylamang. Ilk kecha taassuroti keyingi hayotingiz uchun muhimdir.
- Yoringizni suyib-erkalang, undagi vahimani bartaraf etish uchun shirin so‘zlarni ayting. Aslo qo‘rslik qilmang.
- Juftingiz o‘zini yengil sezishi uchun undagi jinsiy maylni qo‘zg‘atish lozim. Shunda qovushish oson kechadi.
- To‘y yugur-yugurlari xoldan toydirib, birinchi kechada jinsiy maylning sustligi kuzatilishi mumkin. Ammo bu vaqtinchalik holat. O‘zingizni qo‘lga oling.
- Qovushish vaqti mijoz sustligi kelib chiqsa, vahima qilmang. Bu qattiq hayajon ta’siridan. Biroz tinchlanib oling.
- Keyingi davrlarda ham jinsiy aloqa me’yorlashgunicha, qisqa jinsiy aloqa kabi holat ham yosh kuyovlarda kuzatilishi mumkin. Va buning sabablari qisqa muddatli psixologik omillar bo’lsa, xavotirlanishga ortiqcha hojat yo’q.
Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida «Fikr bildirish» qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.
Источник
Qizlik pardasi — qanday olinishi, bokiralik pardasi haqida ma’lumot, tiklash usullari
Qizlik pardasini olish tibbiyot tilida defloratsiya ( lot. de «olib tashlash, bartaraf etish» + flos, floris «gul, yoshlik, bokiralik», qizlikni olish) deb ataladi. Qizlik pardasi birinchi jinsiy aloqada olinishi mumkin. Parda cho’ziladi va agar kiritilish qo’pol ravishda, tabiiy yoki sun’iy ishqalanishni kamaytiruvchi suyuqliklar kamligida amalga oshirilsa, pardada mikroyoriqlar paydo bo’ladi va u qonaydi, lekin uning o’zi o’zgarishsiz qoladi. Shuningdek yoriqlardan qochish ham mumkin, shunda birinchi jinsiy aloqa qon ketishsiz o’tadi. Qizlik pardasi olinishi ikki aspektdan (jihat, nuqati nazar) iborat: fiziologik va psixologik.
Fizologik aspekt
Defloratsiya manbalari va mexanizmlari. Tasnif A. N. Samoylichenko bo’yicha tuzlgan.
№ | Defloratsiya manbai | Defloratsiya mexanizmi |
---|---|---|
1 | Jinsiy aloqa qilish vaqtida | Jinsiy olatni qinga kiritish |
2 | Boshqa harakatlarni amalga oshirishda | Qinga qo’l barmoqlari, boshqa yot jismlarni kirishda |
3 | Tug’ruq davomida | Homilaning tug’ruq yo’llaridan o’tishi |
4 | Tibbiy manipulyatsiyalarda | Jarrohlik aralashuvlari, abort qilish, tibbiy asboblarni kiritish |
5 | Tasodifiy shikastlanishlarda | Qichish, masturbatsiya davomida o’z barmoqlari bilan |
6 | Umumiy mexanik jarohatda | Tos jarohati |
7 | Ba’zi holatlar va vaziyatlarda | O’tkir yoki o’tmas predmetlarga tasodifan urilib ketish |
Ba’zida qizlik pardasi tug’ma mavjud bo’lmasligi mumkin.
Qizlik pardasi mavjudligini tekshirish→
Bundan tashqari, sun’iy defloratsiya — qizlik pardasi jarrohlik yo’li bilan bemorning o’z xohishiga yoki tibbiy ko’rsatmalarga ko’ra olib tashlanishi mumkin. Qoida tariqasida, bunday operatsiya parda qinga kirishni butunlay yopib tursa va menstrual ajralmalar chiqishga to’sqinlik qilsa o’tkaziladi.
Bokiralik olinganda qon chiqishi
Qizlik pardasi yorilishi miqdori individual bo’ladi (ko’pincha bir yoki ikki marta, lekin undan ham ko’p bo’lishi mumkin). Odatda u pardaning rektal sohasida lokalizatsiyalanadi, ba’zan uretal sohada bo’lishi ham mumkin.
Defloratsiyada zaif yoki kuchli qon ketishi kuzatilishi mumkin. Qon miqdori qizlik pardasi tuzilishining individual xususiyatlariga bog’liq. Qizlik pardasi haqida ma’lumotlarga asoslansa, yupqa cho’ziluvchan pardaning yorilishi oz miqdorda qon chiqishi va zaif og’riq bilan kechadi, kamdan-kam hollarda qizlik pardasi tug’ma mavjud bo’lmasligi yoki noehtiyotkor masturbatsiya, ba’zi faol sport turlari bilan shug’ullanish natijasida yo’qotilgan bo’lishi mumkin, bunday holatda qon ketish va og’riq kuzatilmaydi.
Qalin yoki zich birikkan pardaning defloratsiyasi, qoida tariqasida, ko’p qon ketish (to 3-5 kungacha qon ajralishigacha) va kuchli og’riq sezish bilan kechadi. Qon ketishi va og’riq turli ayollarda kuchli, o’rtacha yoki umuman bo’lmasligi mumkin. 20-22 yoshda qizlik parda biriktiruvchi asosining o’zgarishi va elastik tolalarning kamayishi sabab, qiz 22 yoshdan o’tganida defloratsiya doimo ko’p qon ketish va kuchliroq og’riq bilan kechadi. Shunday qilib, morfofunktsional nuqati nazardan, defloratsiya uchun eng mos keladigan davr 15-19 yosh oralig’i hisoblanadi.
Deflorastsiyadan keyin birinchi 2-3 kunda pardani o’rganish bo’yicha manipulyatsiyalar natijasida yoriq chetlari ochilib, qonashi mumkin. Bu muddatda jinsiy aloqa qilish ham shunday natijalarga olib keladi.
Qizlik pardasini olish haqida
Bu jarayonda psixologik omil ta’sirini e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Qiz bokiraligidan mahrum bo’lish uchun ma’naviy jihatdan tayyor bo’lishi va juftiga to’liq ishonishi kerak. Jismoniy jihatdan, defloratsiya bilan kechadigan jinsiy aloqa oddiy jinsiy aloqadan ko’p farq qilmaydi. Yagona farq, yuqorida aytilganidek, birinchi marta og’riq sezilishi va qon ketishi kuzatilishi mumkin. Shu sababli, qon va og’riqni kamaytirish uchun, qizlik pardasi qanday olinishini bilish kerak. Bunda juda ehtiyotkor va bokira qizga maksimal ravishda muloyim munosabtda bo’lish kerak.
Defloratsiyani to’g’ri o’tkazish qoidalari
Dastavval, xonada kerakli atmosferani yaratishga harakat qilish kerak, buning uchun sokin romantik musiqa, yarim yorug’ yoritish, katta o’lchamdagi yotoq, umuman muhit yengil bo’lishi kerak. Defloratsiyani o’tkazishdan oldin, qiz yetarli darajada ehtiroslangan bo’lishi kerak, chunki buning natijasida qin devorlari namlanadi. Namlanish qancha ko’p bo’lsa, kiritilish shuncha oson bo’ladi va og’riq kam seziladi. Buning uchun erkalash, mayin harakatlarni amalga oshirish, ehtirosini kuchaytirish uchun ba’zi amallar qilish kerak.
Shundan so’ng to’g’ridan-to’g’ri jinsiy aloqa harakatiga o’tish mumkin. Tibbiy hodimlarning fikriga ko’ra, birinchi jinsiy aloqa uchun eng yaxshi holat — missionerlik deb atalmish poza hisoblanadi. Qizning tosi ostiga kichik yostiq qo’yish yaxshi, eng muhimi shundaki, har ikkala juft ham o’zini qulay his qilsin. Asta-sekin, tez harkatlarsiz olat boshini ichkarida to’siq sezilmagunicha qinga kiritishni boshlash kerak. Bu vaqt davomida qizni ehtiroslantirishdan to’xtamaslik kerak, u ilji boricha bo’shashgan bo’lishi zarur. So’ng bir ishonchli, ammo kuchli bo’lmagan zarb bilan bu to’siqni yengib o’tishga harakat amalga oshiriladi.
Ko’pchilik hollarda qizlik pardasini yorish uchun noodatiy urinishlar kerak bo’lmaydi. Parda yorilganidan keyin, bir-ikki daqiqaga to’xtash kerak. Qiz bu holatga o’rgansin, agar og’riq sezilgan bo’lsa, u qolishini kutish kerak. Bu lahzada ehtirosli amallarni to’xtatmaslik kerak, chunki ko’pincha defloratsiya vaqtida ehtiros keskin kamayib ketadi, uni tiklashga harakat qilish, shundan so’ng davom etish kerak.
Yodda tuting, qizlikni olish jarayoni shoshilish uchun noo’rin sanaladi. Defloratsiya vaqtida shoshish esa og’riqni yanada kuchli bo’lishiga olib keladi, natijada barcha urinishlar puchga chiqadi.
Defloratsiyaning ijtimoiy ahamiyati
Bokiralikni yo’qotish, birinchi jinsiy tajriba sifatida muhim hayotiy hodisa sanaladi. Bokiralikni yo’qotish shaxsiy va madaniy qabul qilishga bog’liq holda rivojlanishning muhim bosqichi sifatida qabul qilinishi mumkin. Tarixiy shunday bo’lganki, bu jarayon gender rollarga kuchli ta’sir o’tkazgan. Shunday qilib, bu erkaklar uchun g’urur, ayollar uchun esa uyat bilan tenglashtirilgan. Lekin so’nggi yillarda bu ta’sir ahamiyatsiz bo’lib bormoqda.
Qizlik pardasini tiklash
Ba’zi manbalarda qizlik pardasini regenerativ qayta tiklanishi ko’rinishidagi tabiiy qayta refloratsiya jarayonlari keltirib o’tilgan bo’lsada, hozigi kunda uni plastik jarrohlik yordamida gimenoplastika o’tkazish orqali qayta tiklash mumkin.
Gimenoplastika haqida batafsil ma’lumot→
Источник