Sardoba suv ombori haqida malumot

Sardoba suv ombori taqdiri haqida ma’lumot berildi

Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev 14-oktabr kuni Sirdaryo viloyatidan tashkil etilgan ko‘rsatuv davomida Sardoba suv ombori taqdiri haqida ma’lumot berib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun Sardoba suv omborining o‘rni beqiyos. Suv bo‘lmasa, hayot ham bo‘lmaydi. Sardobaning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun ahamiyati juda katta.

Ammo Prezidentimiz aytganidek, barchasini avval yetti o‘lchab, keyin bir marta kesishimiz kerak. Ayni vaqtda xorijdan kelgan ekspertlar Sardoba suv ombori holatini o‘rganish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ta’mirlash, tiklash va foydalanish ishlari xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda hal qilinadi.

Bu borada Qozog‘iston tomoniga ham minnatdorchilik bildirib o‘tishimiz kerak, qo‘shnilarimiz bizni qo‘llab quvvatlamoqda. Suv omborining kelajagi yaqin vaqtlarda ma’lum bo‘ladi. Bu bo‘yicha to‘g‘ri yechim topilishiga ishonamiz.

Suv omborini qayta ishga tushirishda hammaning manfaati hisobga olinadi”, — dedi Sherzod Qudratxo‘jayev.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi. Tashrif davomida Prezident Sardoba fojiasidan zarar ko‘rgan paxta dalasida bo‘lib, hosilni ko‘zdan kechirdi hamda u yerdagi yangi korxona va uylarga tashrif buyurdi.

Источник

Sardoba suv omborini kim qurgan?

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1-may kuni ertalab to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘ldi. Suv toshqini oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetdi. Binolar, yo‘llar, kommunikatsiyalar vayron bo‘ldi. Uchta tumandagi 22 ta qishloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

Ushbu hodisadan so‘ng jamoatchilikda bu nima uchun sodir bo‘lgani haqida savollar tug‘ildi, suv ombori qurilishida ishtirok etadigan kompaniyalar nomiga ayblovlar aytila boshlandi. Xulosa chiqarishga hali erta. Hodisa sabablari tergovda aniqlanadi. “Gazeta.uz” ochiq ma’lumotlar va axborot manbalari asosida loyiha tafsilotlarini aniqlashga harakat qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suv ombori qurilishi 2010-yilda Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i suv oqimi hududida boshlanib, 2017-yilda yakunlandi. Gidrotexnika inshooti 922 million kubometr suv sig‘imiga ega ekani va bu Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlarining unumdor yerlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga imkon berishi xabar qilingan edi.

2017-yilning 17-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev suv ombori bilan tanishar ekan, gidroenergetika sohasida yangi kompaniya tashkil etish bo‘yicha rejalarni baham ko‘rdi. Keyingi kuni davlat rahbarining “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan gidroelektrstansiyalar, gidrotexnik va gidroenergetika bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalar, shuningdek, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasiga qarashli bo‘lgan barcha gidroelektrostansiyalarni birlashtiruvchi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.

“O‘zsuvenergo” birlashmasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida “To‘palangsuvGESqurilish” MChJ boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan senator Abdug‘ani Sanginov yangi kompaniya boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

“O‘zbekgidroenergo” kompaniyasi mamlakatning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, suv-energetika resurslarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanadigan gidroenergetika resurslari ulushini izchil oshirish, yangi ekologik toza energiya hosil qiluvchi quvvatlarni tashkil etish, mavjud GESlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirishni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Qurilish vaziri Botir Zokirov, “O‘zbekgidroenergo” raisi Abdug‘ani Sanginov va Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 2-mayda to‘g‘on o‘pirilgan joyda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davletovuz Telegram-kanali gidroenergetika sohasida To‘palang HPD Holding va uning tuzilmaviy kompaniyalari (To‘palang HPD Platinum, To‘palang HPD Water Construction, To‘palang HPD Building, To‘palang HPD Irrigation Systems, To‘palang HPD Steam — Gas, To‘palang HPD Service, To‘palang HPD Engineering) amalga oshirayotgan loyihalarga e’tibor qaratdi.

“Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, To‘palang HPD Holding Prezidentning 2003-yil 24-yanvardagi farmoni talablari asosida “To‘palang suv ombori va GES qurilish”ning “To‘palangsuvGESqurilish” MChJ etib qayta tashkil etilishi natijasida vujudga kelgan, 2017-yil dekabrida yana qayta tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyat turlari GES, suv xo‘jaligi inshootlari, gidrouzellar qurish, kanal hamda drenajlar qazish va boshqalarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishdan iborat.

“O‘zbekgidroenergo” matbuot xizmati 21-aprel kuni Sardoba suv ombori qoshida To‘palang HPD Irrigation Systems ishtirokida kichik GES qurilishi boshlanganini ma’lum qilgan edi. Loyiha qiymati 21,3 million yevroga teng bo‘lib, obyektni 2022-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Kompaniya To‘palang HPD Holding tomonidan Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES (loyiha qiymati 180 million dollar), shuningdek, Pskem daryosida Pskem GES (810 million dollarga baholanmoqda) loyihalarida ham qurilish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.

To‘palang HPD Platinum Xorazm viloyati Toshsoqa magistral sug‘orish kanallari tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi (29,7 million dollarga baholangan) ustida ham ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, To‘palang HPD Building 2019-yil 9-iyul kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida Katta Farg‘ona kanalida Kichik gidroelektr stansiyalar kaskadini foydalanishga topshirdi (31 million dollarga baholangan).

2019-yil martida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Tuyabo‘g‘iz suv omborida To‘palang HPD Irrigation tomonidan qurilgan kichik GES ochildi (16,3 million dollarga baholangan).

To‘palang HPD Building Surxondaryo viloyatida “Termiz marvaridi” sanatoriyasi qurilishida ham ishtirok etgan.

“O‘zsuvloyiha” loyiha instituti kuzatuv kengashining besh nafar a’zosidan ikki nafari — To‘palang HPD Holding vakili hisoblanadi. “O‘zsuvloyiha” kompaniyasi Andijon tumanida Kuyganyor gidrouzeli quyi qismini yuvilishdan saqlash uchun himoyalovchi inshootni qurish loyihasi, Navoiy viloyatida “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish va boshqalarda bosh loyihalovchi hisoblanadi.

“O‘zbekgidroenergo” va To‘palang HPD Holding yuridik manzili mos tushadi: Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 22.

Xoldingdagi 61,7 foiz ulush Islom Abdurahmonovga tegishli. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlari.

To‘palang HPD Holding direktori Islom Abdug‘aniyevich Abdurahmonov — Abdug‘ani Sanginovning o‘g‘li.

“Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, To‘palang HPD Water Construction kompaniyasi Sardoba suv ombori qurilishida qatnashgan 10 dan ziyod subpudratchilardan biri bo‘lgan.

Loyiha qiymati

Sardoba suv ombori qurilishi to‘g‘risidagi hujjat ochiq ma’lumotlarda mavjud emas. Gidroinshoot hozir ham “O‘zbekiston temiryo‘llari” hisobida.

“Gazeta.uz” gidroinshootning hali ham “O‘zbekiston temiryo‘llari” hisobida turganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Sardoba suv ombori qurilishi 2017-yil 1-yanvar holatida 1 trillion 306 milliard 940 million 400 ming so‘m (Markaziy bankning 2017-yil 1-yanvardagi kursi bo‘yicha 404,4 million dollar).

Ochilboy Ramatov, Shavkat Hamroyev, Shavkat Mirziyoyev va Abdug‘ani Sanginov, 2017-yil, may.

Foto: “O‘zbekiston” kanali, O‘zA.

2017-yil may oyida Prezidentga taqdimot marosimida “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasining sobiq raisi Ochilboy Ramatov (hozirgi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari), qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Shavkat Hamroyev (hozirgi suv xo‘jaligi vaziri) va “O‘zsuvenergo” raisi Abdug‘ani Sanginov (hozirda “O‘zbekgidroenergo” raisi) ishtirok etdi.

“O‘zbekgidroenergo” izohi

“Biz milliy va xorijiy OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba suv omborida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ obro‘siga putur yetkazuvchi asossiz va yuzaki xulosalar, noto‘g‘ri talqinlarga rasmiy munosabatimizni bildirishni xohlardik”, — deyiladi kompaniya matbuot kotibi Ravshan Boyqulovning “Gazeta.uz” tahririyatiga yuborgan xabarida.

Sardoba suv omborining 2010−2017-yillarda qurilganini qayd etar ekan, kompaniya vakili sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi obyekt buyurtmachisi ekanini ta’kidladi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi bosh pudratchi sifatida tanlangan. Obyekt qurilishida ishtirok etgan 10 dan ortiq subpudratchi tashkilotlar, jumladan “O‘zmaxsusqurilish”, Omad Dubl, BOYOVUD qatorida “Rezaksoy suv qurilish” (hozirgi — To‘palang HPD Water Construction) qurilish jarayonida o‘ziga ajratilgan qismda qurilish ishlarini olib borgan.

To‘palang HPD Water Construction tomonidan olib borilgan ishlar tegishli komissiya tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olingan, deya ma’lum qildi matbuot kotibi.

“Biz To‘palang HPD Holding MChJ Sardoba suv omborining avariya sodir bo‘lgan qismida qurilish ishlarini olib bormagani, Abdurahmonov Islom Abdug‘aniyevich esa 2010−2017-yillarda To‘palang HPD Holding MChJ va uning filiallarida umuman ishlamaganini ta’kidlashni xohlardik. Bundan tashqari, “O‘zbekgidroenergo” AJ Prezidentning 2017-yil 18-maydagi №UP-5044 farmoni bilan tashkil etilgan. Shunday qilib, qayd etish joizki, “O‘zbekgidroenergo” AJ Sardoba suv ombori qurilishi uchun javobgar emas va unda ishtirok etmagan”, — dedi Ravshan Boyqulov.

Uning qayd etishicha, Sardoba suv omboridan foydalanish bo‘yicha nazorat faoliyati “Davsuvxo‘jaliknazorat” (Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi) tomonidan amalga oshiriladi.

“Yuqorida keltirilganlarga asoslanib, biz ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarning asossiz va yolg‘on ekanini ma’lum qilamiz”, — dedi u.

Источник

Сардоба сув омбори тақдири ҳақида маълумот берилди

Халқаро пресс-клуб раиси Шерзод Қудратхўжаев 14 октябрь куни Сирдарё вилоятидан ташкил этилган кўрсатув давомида Сардоба сув омбори тақдири ҳақида маълумот бериб ўтди, дея хабар бермоқда «Xabar.uz».

Фото: Президент матбуот хизмати

«Қишлоқ хўжалиги ривожланиши учун Сардоба сув омборининг ўрни беқиёс. Сув бўлмаса, ҳаёт ҳам бўлмайди. Сардобанинг Сирдарё ва Жиззах вилоятлари учун аҳамияти жуда катта.

Аммо Президентимиз айтганидек, барчасини аввал етти ўлчаб, кейин бир марта кесишимиз керак. Айни вақтда хориждан келган экспертлар Сардоба сув омбори ҳолатини ўрганиш бўйича иш олиб бормоқда. Таъмирлаш, тиклаш ва фойдаланиш ишлари халқаро мутахассислар билан биргаликда ҳал қилинади.

Бу борада Қозоғистон томонига ҳам миннатдорчилик билдириб ўтишимиз керак, қўшниларимиз бизни қўллаб қувватламоқда. Сув омборининг келажаги яқин вақтларда маълум бўлади. Бу бўйича тўғри ечим топилишига ишонамиз.

Сув омборини қайта ишга туширишда ҳамманинг манфаати ҳисобга олинади», — деди Шерзод Қудратхўжаев.

Аввалроқ Шавкат Мирзиёев Сирдарё вилоятига ташриф буюргани ҳақида хабар берилганди. Ташриф давомида Президент Сардоба фожиасидан зарар кўрган пахта даласида бўлиб, ҳосилни кўздан кечирди ҳамда у ердаги янги корхона ва уйларга ташриф буюрди.

Источник

Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 1-may kuni yuz bergan Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi va buning oqibatida katta hajmdagi yer maydonlarini suv bosishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida dastlabki tergovga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Aniqlanishicha, suv ombori 2010—2017-yillarda qurilgan bo‘lib, loyihaga buyurtmachi sifatida “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK (Suv xo‘jaligi vazirligi), bosh loyihachi — “UzGIP” MChJ, bosh pudratchi — “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ) tanlangan. Suv ombori qurilishiga davlat budjetidan 1,2 trillion so‘m sarflangan.

Suv omboridan foydalanish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi” tomonidan amalga oshirilgan.

Dastlabki tergovning har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida quyidagi asosiy taxminlar tekshirilgan: loyihalashdagi xatoliklar, qurilish jarayonida me’yorlarga rioya qilmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar, tabiiy ofat.

Mazkur 4 ta taxmin tegishli ekspertiza muassasasi ekspertlaridan va gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, qurilish ekspertizasi, tuproq va suvning xossalari va boshqa bir qator masalaga daxldor sohalarga mansub 30 nafar mutaxassisdan iborat komissiya yordamida tekshirildi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:

Loyiha hujjatlaridagi xato va kamchiliklar

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tegishli ekspertizadan o‘tib, tasdiqlanganidan keyin ishchi-loyiha hujjatlarini tayyorlash vaqtida konstruksiya (qiyaliklarning balandlikka nisbati, himoya va filtrlovchi qoplamalarning xarakteristikalari)ga loyihachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan, asoslantirilmagan holda to‘g‘onning ishonchliligi va turg‘unligini ta’minlamaydigan darajaga olib kelgan o‘zgartirishlar kiritilgan.

Qurilishdagi xato va kamchiliklar

To‘g‘onning tanasini tashkil qilgan tuproqning zichligi loyihaviy talabdagidan past va tuproq yot jismlardan tozalanmaganligi oqibatida ular chirib, bo‘shliqlar hosil qilgan, himoya qatlamiga yotqizilgan xarsang toshlarning diametri loyihadagi o‘lchamlardan bir necha bor katta bo‘lgan holda xarsang tosh qoplamasi loyiha hujjatida belgilangan qalinlikdan kam, toshlar notekis, sifatsiz joylashtirilgan va katta diametrli toshlar o‘rtasidagi bo‘shliqlar mayda toshlar bilan to‘ldirilmagan.

Ekspluatatsiyadagi xato va kamchiliklar

Ekspluatatsiya jarayoni bilan bog‘liq jiddiy moddiy va nomoddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, to‘g‘onga xizmat ko‘rsatuvchi “Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi”ning bevosita to‘g‘onga xizmat ko‘rsatuvchi tarkibi zaruriy moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanmagan. Boz ustiga, o‘tkazilgan malaka attestatsiyasi ekspluatatsiyaga jalb etilgan xodimlarning 56 foizi zaruriy bilimga (ixtisos), 82 foizi malaka va tajribaga ega emasligini va buning oqibatida to‘g‘onga sifatli xizmat ko‘rsatishga, o‘pirilishi kabi favqulodda hodisalarga olib keluvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlashga qodir emasligini ko‘rsatdi.

Yuqorida aniqlangan holatlarni inobatga olgan holda ekspertiza suv omborini loyihalash, qurish hamda ekspluatatsiya qilish jarayonidagi qayd etilgan xato va kamchiliklar, suv ombori qurilishi 2-bosqichi davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsa-da, to‘la hajmda suv to‘planganligi yakka tartibda yoki ularning majmuyi to‘g‘on o‘pirilishiga sabab bo‘lganligi haqida xulosaga kelgan.

Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘on qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor 9 nafar shaxs, jumladan,

  • buyurtmachi “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK,
  • loyihachi “UzGIP” MChJ,
  • bosh pudratchi — “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK,
  • pudratchi tashkilot “Rezaksoy suv qurilish” UK,
  • “To‘palang Sherobod” ShK,
  • Suv xo‘jaligi vazirligi,
  • Ekspluatatsiya direksiyasi

mansabdor shaxslarining bir guruhi Jinoyat kodeksining 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209 (Mansab soxtakorligi), 258 (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida qurilishga sarflangan budjet mablag‘larining asosliligini tekshirish maqsadida hujjatli taftish va bajarilgan ishlar hajmlarining nazorat o‘lchovi tayinlanib, O‘zbekiston Hisob palatasi mutaxassislari rahbarligida mutasaddi idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari olib borilmoqda.

Tergov organi tomonidan jinoyatning sabablari, unga imkon bergan shart-sharoitlarni, aybdor shaxslar doirasini aniqlash bilan birga, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Dastlabki tergovni har tomonlama va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida hamda jinoyat ishining murakkabligi va katta hajmdaligini inobatga olib, dastlabki tergov muddati Bosh prokuratura tomonidan 5 oyga uzaytirildi.

Источник

Читайте также:  Кроссовер стрелы флеша вторжение
Оцените статью