Suv haqida qiziqarli faktlar

Сув ҳақида ”қизиқарли” фактлар.

1. Сув инсоннинг кислороддан кейин иккинчи эҳтиёжи ҳисобланади. Одамзод овқатсиз олти ҳафта яшаши мумкин, аммо сувсиз бир ҳафтадан ортиқ умр кўра олмайди.
2. Дунёда энг кўп фойдали моддаларни ўзида жамлаган сув бу қудуқ суви ҳисобланади. Инсон ўз қўли билан бундай аралашмани тайёрлай олмайди.
3. Дунёдаги энг қиммат сув Лос-Анжелесда сотилади. Бу сувнинг 1 литри 90 доллар туради. Сувни кристаллар билан безатилган махсус идишларда сотишади. Ёшлар бу сувни асосан идишига қизиқиб сотиб олади.
4. Одам ҳаёти давомида тахминан 35 тонна сув ичади.
5. Агар кунига беш стакандан ортиқ сув ичсангиз, юрак хуружи хавфи ортга чекина бораркан. Бундай фойдали сув эса фильтрланган ичимлик суви саналади.
6. Югославияда Циркницкое деган кўл бор. Кўл суви ёздан қишга қадар ғойиб бўлади. Баҳорда эса ичида балиғи билан яна пайдо бўлаверади.
7. Сув табиатда уч хил кўринишга эга. Яъни, қаттиқ кўриниш (муз), Суюқ ва газ кўриниши. Ер юзида экологик тоза сув атиги уч фоизни ташкил этади. У ҳам улкан музликлар таркибида бўлади.
8. Энг серсув маҳсулот бу тарвуздир. Тарвузнинг 93 фоиз қисми сувдан иборат бўлади.
9. Ер юзининг тахминан 70 фоиз қисми сув билан қопланган. Аммо бу сувнинг 1 фоизигина ичиш учун яроқли.
10. Табиатда сувнинг 1330 тури мавжуд.
11. Озиш учун Америка мутахассислари сув парҳезини мижозларга тавсия қилишади. Агар одам кунига 2, 5 литрдан сув ичса, ортиқча вазндан халос бўлади. Қандай қилиб? Масалан, одамнинг қорни очганда, организм мияга шу ҳақда сигнал юборади ва биз дарҳол овқат ейишга тутинамиз. Агар юқоридаги миқдорда сув ичсак, у иштаҳани бўғади ва шунинг натижасида ортиқча вазн йўқола боради. Лекин бунинг учун кофе ёки чой эмас, айнан сув ичиш лозим.
12. Жазоирда бир кўл бор. Шу кўлнинг сувига ручка ёки қаламни ботириб бемалол қоғозга ёзса ҳам бўлади. Бу ёзувни эса кейин ҳеч қачон ўчириб бўлмайди.
13. Антарктидада кўл бор, унинг суви денгиз сувига нисбатан 11 маротаба шўрроқ. Бу сув 50 даража совуқдагина музлаши мумкин.
14. Одам танасидаги сув миқдори атиги 2 фоизга қисқарса, ақлий имкониятларимиз 20 фоизга қисқариб кетаркан.
15. Тиббиётчиларнинг айтишича, сув қон босимини туширишда ёрдам беради. Агар оёқлар, қўллар шишиб кетса, уларни йўқ қилиш учун иложи борича кўпроқ сув ичиш керак экан.
16. Мутахассисларнинг таъкидлашича, депрессиядан халос бўлиш, асабни тинчлантириш учун бир стакан сув ичиш кифоя қиларкан.
17. Юнеско ташкилоти мутахассислари дунёдаги энг тоза сув Финландияда эканини таъкидлашган.
18. Дунё бўйича 1 миллиард 100 миллион одам сув ичиш бахтидан маҳрум. Шундай экан, сиз-у биз дунёдаги энг бахтли одамлармиз.
19. Дунёдаги ҳаёт учун энг хавфли сув Сицилияда мавжуд. Бу сув организмни заҳарлаб, ўлимга олиб борувчи кислотага эга.
20. Бир куб сантиметр денгиз суви таркибида 1, 5 грамм оқсил ва яна кўплаб витаминлар бор.

Читайте также:  Зеркало левое для hyundai santa fe

Источник

Suv haqida ”qiziqarli” faktlar.

1. Suv insonning kisloroddan keyin ikkinchi ehtiyoji hisoblanadi. Odamzod ovqatsiz olti hafta yashashi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq umr ko‘ra olmaydi.
2. Dunyoda eng ko‘p foydali moddalarni o‘zida jamlagan suv bu quduq suvi hisoblanadi. Inson o‘z qo‘li bilan bunday aralashmani tayyorlay olmaydi.
3. Dunyodagi eng qimmat suv Los-Anjelesda sotiladi. Bu suvning 1 litri 90 dollar turadi. Suvni kristallar bilan bezatilgan maxsus idishlarda sotishadi. Yoshlar bu suvni asosan idishiga qiziqib sotib oladi.
4. Odam hayoti davomida taxminan 35 tonna suv ichadi.
5. Agar kuniga besh stakandan ortiq suv ichsangiz, yurak xuruji xavfi ortga chekina borarkan. Bunday foydali suv esa filtrlangan ichimlik suvi sanaladi.
6. Yugoslaviyada Sirkniskoe degan ko‘l bor. Ko‘l suvi yozdan qishga qadar g‘oyib bo‘ladi. Bahorda esa ichida balig‘i bilan yana paydo bo‘laveradi.
7. Suv tabiatda uch xil ko‘rinishga ega. Ya’ni, qattiq ko‘rinish (muz), Suyuq va gaz ko‘rinishi. Er yuzida ekologik toza suv atigi uch foizni tashkil etadi. U ham ulkan muzliklar tarkibida bo‘ladi.
8. Eng sersuv mahsulot bu tarvuzdir. Tarvuzning 93 foiz qismi suvdan iborat bo‘ladi.
9. Er yuzining taxminan 70 foiz qismi suv bilan qoplangan. Ammo bu suvning 1 foizigina ichish uchun yaroqli.
10. Tabiatda suvning 1330 turi mavjud.
11. Ozish uchun Amerika mutaxassislari suv parhezini mijozlarga tavsiya qilishadi. Agar odam kuniga 2, 5 litrdan suv ichsa, ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Qanday qilib? Masalan, odamning qorni ochganda, organizm miyaga shu haqda signal yuboradi va biz darhol ovqat eyishga tutinamiz. Agar yuqoridagi miqdorda suv ichsak, u ishtahani bo‘g‘adi va shuning natijasida ortiqcha vazn yo‘qola boradi. Lekin buning uchun kofe yoki choy emas, aynan suv ichish lozim.
12. Jazoirda bir ko‘l bor. Shu ko‘lning suviga ruchka yoki qalamni botirib bemalol qog‘ozga yozsa ham bo‘ladi. Bu yozuvni esa keyin hech qachon o‘chirib bo‘lmaydi.
13. Antarktidada ko‘l bor, uning suvi dengiz suviga nisbatan 11 marotaba sho‘rroq. Bu suv 50 daraja sovuqdagina muzlashi mumkin.
14. Odam tanasidagi suv miqdori atigi 2 foizga qisqarsa, aqliy imkoniyatlarimiz 20 foizga qisqarib ketarkan.
15. Tibbiyotchilarning aytishicha, suv qon bosimini tushirishda yordam beradi. Agar oyoqlar, qo‘llar shishib ketsa, ularni yo‘q qilish uchun iloji boricha ko‘proq suv ichish kerak ekan.
16. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, depressiyadan xalos bo‘lish, asabni tinchlantirish uchun bir stakan suv ichish kifoya qilarkan.
17. Yunesko tashkiloti mutaxassislari dunyodagi eng toza suv Finlandiyada ekanini ta’kidlashgan.
18. Dunyo bo‘yicha 1 milliard 100 million odam suv ichish baxtidan mahrum. Shunday ekan, siz-u biz dunyodagi eng baxtli odamlarmiz.
19. Dunyodagi hayot uchun eng xavfli suv Sisiliyada mavjud. Bu suv organizmni zaharlab, o‘limga olib boruvchi kislotaga ega.
20. Bir kub santimetr dengiz suvi tarkibida 1, 5 gramm oqsil va yana ko‘plab vitaminlar bor.

Читайте также:  Chery tiggo настройка магнитолы

Источник

Suv haqida siz bilmaydigan haqiqatlar

Suv – bu hayot! Uning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.U tirik organizmlar uchun juda cheklangan, lekin juda muhim manba hisoblanadi. Bundan tashqari, suv noyob xususiyatlarga ega juda qiziq moddadir, bu xususiyatlarning ba’zilari juda hayratlanarli. Grodno yashil portali nafaqat suv resurslarining ahamiyati va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligini eslatibgina qolmay, balki bu sodda va shu bilan birga sirli modda haqida qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashishga qaror qildi.

1. Suv sayyoramiz hududining 70 foizini qoplaydi. Shu bilan birga, ushbu miqdorning atigi 3 foizi chuchuk suv, ya’ni ichish uchun yaroqlidir. Muzliklarda joylashgani sababli uning ko‘p qismini ishlatish mumkin emas.

2. Issiq suv sovuq suvga qaraganda tezroq muzlaydi. Tajribalar buni eksperimental ravishda isbotlaydi, lekin nima uchun bunday bo‘lishini hatto olimlar ham aniq bilishmaydi.

3. Suv 42 darajaga qadar muzlamasligi mumkin. Zararli aralashmalarsiz, juda toza suv suyuq holda ushbu haroratgacha sovutilishi mumkin. Muz asosan suv tarkibida bo‘lgan ifloslik zarralari atrofidagina shakllana boshlaydi.

4. Suv o‘z xotirasiga ega. Vodorod aloqasi N2O molekulalarini odatda klasterlar deb ataladigan guruhlarga birlashtiradi va ular o‘z navbatida klatrat (inklyuziv ulanish)larni hosil qiladi. Strukturalangan (tuzilish hosil qilgan) suv bu aniq klasterlar hosil qilgan suvdir. Suv klasterlarini har qanday ta’sirdan qayta tashkil etish mumkin bo‘lganligi sababli, o‘z atrofidagi barcha ma’lumotlarni yozib qoladi. Olimlar bu ta’sirni “suv xotirasi” deb atashdi.

5. Yurak salomatligi uchun yetarli miqdorda suv zarur. Kuzatishlar kuniga 6 stakan suv ichgan odamlarning yuragi 2 stakan ichgan odamlarga qaraganda sog‘lom bo‘lishini ko‘rsatdi.

6. Suvsizlanish tana vaznining 2 foiziga teng miqdorda suv yo‘qotganda yuzaga keladi, tana vaznining 10 foizidan ko‘proq suvsizlanishi hayot uchun xavfli, tanadagi suvning 12 foizi yo‘qotilganda esa uni shifokorlar yordamisiz tiklab bo‘lmaydi.
7. Inson o‘z hayoti davomida 35 tonna suv ichadi. Suv tana uchun kisloroddan keyingi eng zarur modda hisoblanadi.

8. Dunyodagi bir milliard kishi toza suv ichish imkoniyatiga ega emas. Yerning har oltinchi aholisi kamida bir marta to‘yib suv ichishni orzu qiladi. Bizda kranni ochish orqali suv olish mumkin bo‘lgan bir vaqtda, ichimlik suvi hashamat sanaladigan mintaqalar ham mavjud.
9. So‘nggi 50 yil ichida dunyo bo‘ylab suvdan foydalanish bo‘yicha 507 mojaro sodir bo‘lgan, ularning 21 nafari harbiy harakatlar bilan yakunlangan.

10. YUNESKOning 2003 yilda qayd etilgan ma’lumotlariga qaraganda, eng toza ichimlik suvi bo‘yicha birinchi o‘rinni Finlyandiya, undan keyingi o‘rinlarni Kanada va Yangi Zelandiya egallaydi.
11. Har bir qit’aning ifloslanishlar sababli umuman foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan o‘z “o‘lik” daryosi bor. Masalan, Bangladeshdagi Ganga daryosining so‘l tarmog‘idan biri Buriganga daryosi rasman o‘lgan deb e’lon qilindi. Missisipi daryosidagi ko‘rfaz ham deyarli o‘likdir: tozalash tizimlari mavjudligiga qaramay, unda hech qanday organizm yashamaydi. Dunyodagi eng iflos daryo Yava orolidagi Sitarumdir.

12. Kopengagendagi iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan konferensiyasida 2050 yilga kelib dunyo okeanlarining kislotaligi 150 foizga oshadi, bu dengiz ekotuzilmasida qaytarilmas o‘zgarishlarga olib keladi, deb aytilgan.

13. Bir yil davomida bir kishi 60 tonna suvni faqat oziq-ovqat orqali iste’mol qiladi. 1 kilogramm kartoshkani yetishtirish uchun 100 litr, 1 kilogramm guruch olishda – 4000 litr, 1 kilogramm mol go‘shti uchun – 13 000 litr suv sarflanadi. Bitta gamburger ishlab chiqarish uchun 2400 litr suv kerak bo‘ladi.

14. Har yil okeanlarda 260 million tonna plastik buyumlar to‘planadi. Odamlar har kuni ikki million tonna chiqindini tabiiy suv havzalariga tashlaydi.

15. Ifloslangan yer osti suvlari bir necha ming yillar davomida tozalandi.
22 mart – Butunjahon suv kuni, u Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1973 yilda ta’sis qilingan.

Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.

Источник

Suv haqida 25 ta qiziq fakt

1. Suv yer yuzidagi har bir tirik jonzot uchun eng muhim hayot manbai hisoblanadi. Biz uchun faqat havogina suvdan ortiqroq turadi.

2. Suvsiz odam atigi 3-4 kun yashay oladi. Ovqatsiz esa 3 oygacha yashashi mumkin.

3. Suv 2 ta vodorod, 1 ta kislorod atomidan tashkil topgan bo‘lsa-da, olimlar hanuz uni oxirigacha o‘rganib ulgurishmagan.

4. Agar dengiz va okeanlar bo‘lmasa, yer yuzida hayot qurilmagan bo‘lardi. Kimyoviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, 1 kub sm dengiz suvi tarkibida 1, 5 grammgacha oqsil va ko‘plab minerallar mavjud ekan.

5. Olimlar Yunesko uchun dunyoning 122 davlatidagi suvlarni tadqiq etishdi. Qarangki, eng toza suv Finlyandiyada ekan.

6. Yer yuzining 70 foiz qismi suv bilan qoplanganiga qaramay, bu suvning 1 foizigina ichishga yaroqli ekan.

7. Tinch okeanda yer yuzidagi jami suvning 46 foizi, Atlantik okeanda 23 foizi, Hind okeanida 20 foizi, Shimoliy muz okeanida 4 foizi saqlanarkan.

8. Antarktidada bir ko‘l bor. Ko‘l suvi dengiz suvidan 11 hissa sho‘r. Bu suv -50 daraja sovuqda ham muzlamaydi.

9. Hisob-kitoblarga ko‘ra, suv suyuq holatda yerda bundan 4 milliard yil oldin paydo bo‘lgan ekan.

10. Qaynoq suv sovuq suvga nisbatan tezroq muzlaydi.

11. Dunyodagi ichimlik suvini o‘zida mujassam etgan eng yirik suv havzasi Rossiyada joylashgan Baykal ko‘lidir.

12. Quyosh atmosferasida suv bug‘ holatda saqlanadi.

13. Yerdagi eng sovuq muzlik Antarktidada, eng iliq muzlik esa Alp tog‘larida joylashgan. Alpdagi muzlikning harorati Selsiy bo‘yicha 0 darajaga teng.

14. Saturn yo‘ldoshi bo‘lmish Enselad g‘alati vulqonlarga ega. Bu vulqonlar uyg‘ongan mahali yuqoriga o‘zidan qaynoq lava o‘rniga muz otadi.

15. Mineral suv ilk bor 1787 yili Germaniyada qadoqlanib, sotuvga qo‘yilgan.

16. Ko‘pchilik sevib ichadigan «Bonakva» mineral suvi aslida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi vodoprovoddan olinadi.

17. Sloveniyada Sirkniskoye ko‘li bor. Qish va yozda bu ko‘lning suvi qayoqqadir g‘oyib bo‘ladi. Bahor va kuzda yana paydo bo‘lib qoladi.

18. Yerda hayot bo‘lishida muzliklarning ahamiyati katta. Aynan ular tufayli yer yuzida keragicha ichimlik suv bor. Bundan tashqari, muzliklar okeandagi suvning miqdorini bir me’yorda ushlab turadi.

19. Quruq muz tarkibida suv bo‘lmaydi. U muzlagan uglerod dioksididan tashkil topgan.

20. Muz odamlar muzlatkich o‘ylab topishiga turtki bo‘lgan. Qadimda odamlar xuddi shu muz yordamida ovqatlarini eskirtirmagan holda saqlay olgan.

21. Ozarbayjonda bir suv havzasi bor. Gugurt chaqib tashlasangiz, yonadi. Chunki bu suv tarkibida metan gazi ko‘pchilikni tashkil etadi.

22. Keniya poytaxti Nayrobida suv Amerikadagiga nisbatan 10 hissa qimmat.

23. Odam organizmidagi suvning 10 foizi yo‘qolsa ham, u o‘lim topadi.

24. Suv yer ostida yuqoridagiga qaraganda o‘n karra ko‘proq.

25. Har bir odam yiliga o‘rtacha 60 tonna suv ichadi.

Источник

Yangi

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

HAYVONLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR !

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

Aksirishni ushlab turish xavflimi?

Agar siz ushbu savolga javobni Internetdan qidirib ko’rsangiz, aniq javob t.

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar

Kimdir uchun qish eng yoqimli palla bo’lsa, boshqalar uchun bu yilning eng.

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar

Pishloq butun dunyo bo’ylab ko’plab odamlarning fikrlarini zabt etishga ulg.

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

Inson hayotiga xavf soluvchi kasblar

Haftada 5 kun davomida 8 soatni to’rtta devorda o’tkazadigan ofis xodimlari.

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

XX asrning birinchi yarmidagi eng kassabop bo’lgan film haqida 6 ta qiziqarli ma’lumot

Margaret Mitchellning kariyerasidagi yagona va muvaffaqiyatli kitob «Shamol.

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

Estoniyaning kishini hayranlantirishga qodir g’aroyib an’analari

Atrof-muhiti, diqqatga sazovor joylari ro’yxatidan tashqari bir mamlakat bo.

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

Futbol o’yinining tug’ilgan kun sanasi va qoidalari tarixi haqida

Ma’lum bo’lishicha, dunyodagi eng mashhur o’yin – futbol o’zining tug’ilgan.

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

Ortiqcha vaznga ega insonlar haqida qiziqarli faktlar

Hamma ortiqcha vaznning sog’liq uchun va to’liq faol hayot uchun zararli ek.

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +
  • Whatsapp
  • Email

Radio haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Bir paytlar radio ixtirosi butun insoniyat taraqqiyotini ancha rivojlantird.

Источник

Оцените статью