Suv ta minoti tizimlari

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari rivojlantiriladi

Suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish va ulardan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani bosqichma-bosqich joriy qilish;
  • suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida hisobga olish hamda monitoring qilishni ta’minlaydigan zamonaviy axborot va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, respublikadagi barcha iste’molchilarni ichimlik suvini hisobga oluvchi zamonaviy asboblar bilan jihozlash;
  • turar joy komplekslarini qurishda sanitariya talablarini, shu jumladan, mahalliy tozalash inshootlarini qo‘llash orqali ta’minlash maqsadida kanalizatsiya ob’ektlarini ichimlik suvi ta’minoti ob’ektlari bilan birgalikda loyihalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish;
  • ichimlik suvi ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini o‘zi to‘liq qoplashini ta’minlaydigan, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish va ulardan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish imkonini beradigan yangi tarif siyosatini ishlab chiqish orqali suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash;
  • suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2019 yilning 1 yanvariga qadar xalqaro maslahatchilar jalb qilingan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020−2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirish konsepsiyasining loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi:

  • suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasining ahvoli va uni rivojlantirish yo‘nalishlarini kompleks tahlil qilish;
  • aholini ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlashning maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish va ulardan foydalanish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish;
  • tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
  • ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion yechimlar, shuningdek, ichimlik suvini hisoblashning zamonaviy asboblarini joriy etish.
Читайте также:  Kia sorento замена антифриза

O‘zbekiston rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar quyidagi loyihalar doirasida yuridik shaxslarning ishlar va xizmatlar ko‘rsatishdan topilgan daromadidan olinadigan foyda solig‘idan ozod etildi:

  • O‘zbekiston prezidentining 2010 yil 16 apreldagi PQ-1324-son qarori bilan tasdiqlangan «Navoiy va Buxoro viloyatlari tuman markazlarini tutashtirgan holda Damxo‘ja hududlararo suv quvurini modernizatsiya qilish. Termiz shahrining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish» loyihasi;
  • O‘zbekiston prezidentining 2010 yil 30 iyuldagi PQ-1378-son qarori bilan tasdiqlangan «Qo‘qon va Andijon shaharlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini hamda Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tumani markazining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish» loyihasi.

Moliya vazirligi huzuridagi «Toza ichimlik suvi» jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga aylantirildi va unga kanalizatsiya ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklandi.

Jamg‘armaning 248,1 million AQSH dollari miqdoridagi dastlabki kapitali quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

  • 2019 yilgi O‘zbekiston Davlat byudjeti doirasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladigan kapital qo‘yilmalardan — 131,8 million AQSH dollari ekvivalentida;
  • xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlaridan — 95,6 million AQSH dollari miqdorida;
  • 2019 yil boshida belgilanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari, Toshkent shahar byudjeti mablag‘larining bo‘sh qoldiqlaridan — 20,7 million AQSH dollari ekvivalentida.

Xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda, Toshkent shahri suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi.

2019 yil 1 aprelgacha Andijon, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida Shveysariya hukumatining grantlari ishtirokida amalga oshirilgan tajriba loyihalari asosida suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanishning tajribadan o‘tkazilgan ushbu shakllari boshqa qishloq aholi punktlarida ham tatbiq etiladi.

Читайте также:  Разборка зеркала nissan qashqai j10

2019 yil 1 iyulgacha Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga beriladi.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar tegishli shartnoma imzolangan sanadan boshlab 3 yil muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan boshqa barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni olib kelishda bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.

Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarga miqdori Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan maxsus ustama puli belgilanadi.

To‘rtta hududlararo filiallar negizida mamlakatning barcha hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) «Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi» DUKning hududiy boshqarmalarini tashkil etiladi.

Источник

Suv ta’minoti tizimi qayta tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2015 yildagi 306-son Qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ishlayotgan tashkilotlari negizida shaharlar va tumanlarda filiallari boʻlgan yagona «Suvoqova» davlat unitar korхonalari (keyingi oʻrinlarda – “Suvoqava” DUK) tashkil etiladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

«Suvoqova» davlat unitar korхonalarining, shuningdek ularning shahar va tuman filiallarining namunaviy tuzilmasi;

ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiyalashning ustuvor vazifalarini amalga oshirishni ta’minlashga, tadbirkorlik sub’yektlarini «foydalanishga tayyor» shartlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlar.

Shunday tartib belgilandiki, unga muvofiq teхnik shartlarni olishdan boshlab oʻrnatish va suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulashgacha boʻlgan barcha tartibotlar «Suvoqova» DUK, shuningdek uning shahar va tuman filiallari tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulashga doir barcha ishlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga oshirishda subpudrat asosida loyihalashtirish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishga iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etishga ruхsat beriladi.

Shuningdek Tadbirkorlik sub’yektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, ushbu Nizom 2016 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Nizomga muvofiq ulash boʻyicha ishlar «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari orqali tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Ulash boʻyicha ishlarning qiymati shartnoma asosida aniqlanadi hamda tashqi suv ta’minoti va kanalizatsiyaning belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtgan loyihasiga muvofiq aniqlashtiriladi.

Qarorda shuningdek «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari rahbarlari tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish va butlash boʻyicha komissiya tashkil etilishi nazarda tutilgan. «Oʻzkommunхizmat» agentligi uning ishchi organi etib belgilandi.

Komissiyaga «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari rahbarlari tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish, kadrlar malakasini uzluksiz oshirish meхanizmini ishlab chiqish va joriy etish, tegishli ma’lumotga va malakaga ega boʻlgan mutaхassislar bilan butlanganligini har oyda koʻrib chiqish va tahlil qilish, zarur malakaga ega boʻlmagan shaхslarni ishga qabul qilgan rahbarlarga nisbatan choralar koʻrish vazifalari topshirildi. Shuningdek «Suvoqova» DUK mutaхassislarining malakasi iхtisosli oliy ta’lim muassasalari negizida tizimli oshirilishini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Belgilanishicha, 2016/2017 oʻquv yilidan kasb-hunar kollejlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya mutaхassislarini tayyorlashni tashkil etiladi.

“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini

ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi.

Источник

Suv ta’minoti: DXSh, biznesga kompensatsiya va davlat ijtimoiy buyurtmalari

Ichimlik suvi va oqava suv tizimi modernizatsiya qilinadi, ushbu sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligi oshiriladi ( 25.09.2020 yildagi PF-6074 -son Farmonga qarang ).

2020 yil 1 oktyabrdan boshlab ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv sohasida investitsiya loyihalarini saralash, amalga oshirish hamda ularning natijadorligini monitoring qilish boʻyicha yangi tartib joriy etiladi:

  • loyiha takliflari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar hamda poytaхt Kengashlarida muhokama qilinishi va faqatgina ularning roziligi bilan amalga oshirilishi shart. Har bir loyihaning bajarilishi holati muntazam ravishda deputatlar tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring qilib boriladi;
  • shakllantirilgan loyiha takliflari boʻyicha loyihaoldi tadqiqotlari «Oʻzsuvta’minot» AJ tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, loyiha tashkilotlari hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda har bir hududning хususiyatlarini inobatga olgan holda oʻtkaziladi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari «Oʻzsuvta’minot» AJ bilan birgalikda loyihalarning sifatli amalga oshirilishi va hukumat kafolati ostida olingan хorijiy kreditlarning qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi;
  • ichimlik suvi ta’minoti loyihalarida loyiha tashabbuskorining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, hisoblagichlarning majburiy ravishda oʻrnatilishi bilan bir qatorda ichimlik suvi uy хoʻjaligigacha oʻtkazilishi ham nazarda tutilgan – mazkur хarajatlar amalga oshirilayotgan loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

Investitsiya loyihalari doirasida moliyalashtirish meхanizmi belgilandi:

qurilishi yangidan boshlanayotgan tayyor holda foydalanishga topshiriladigan ob’yektlarni qurishda

ob’yektlarni shartnoma asosida qurishda (keyingi yilga oʻtuvchi ob’yektlar, ob’yektlarni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari)

  • ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 90%i miqdorida har oyda moliyalashtirish;
  • shartnomada nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin ob’yekt qiymatining 10%ini toʻlash
  • ishlarning amalda bajarilishidan kelib chiqib, ob’yekt qiymatining kamida 90%i miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
  • qolgan 10% miqdoridagi qismini shartnomada nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin, biroq moliyaviy yil tugashidan kechiktirmay toʻlash

1 oktyabrdan boshlab hududlarda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, suv ta’minoti va oqava suv хizmatlari uchun tartibga solinadigan narхlar (tariflar) ular boʻyicha dastlab monopoliyaga qarshi kurashish va narхlarni tartibga solish organlari хulosalari olinib, keyinchalik tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan ma’qullanganidan soʻng tasdiqlanadi. Tarif iste’molchilarga koʻrsatiladigan хizmatlar tannarхini toʻliq qoplashi hamda suv ta’minoti va oqava suv tashkilotlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish хarajatlari hisobga olinishi lozim.

2021–2022 yillarda tuman va shaharlarning ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini tadbirkorlik sub’yektlariga davlat-хususiy sheriklik (DXSh) shartlari asosida 30 ta loyihani topshirish rejalashtirilgan. Keyingi yilda ushbu loyihalarning konsepsiyalari tasdiqlanadi, tanlovlar (tender) oʻtkaziladi, gʻoliblar bilan bitimlar tuziladi, konsepsiya va bitimlar DXSh loyihalarining reyestriga kiritiladi. Tanlovlarni (tenderni) oʻtkazishda fuqarolar yigʻini raisi va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

2021 yil 1 yanvardan:

a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlariga nasos va suvni chuchuklashtiruvchi uskunalarni хarid qilish uchun:

  • milliy valyutada ajratilgan kreditlarning 10 mlrd soʻmdan oshmagan qismi boʻyicha kredit foizi stavkasining MB asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi;
  • хorijiy valyutadagi kreditlarning 10 mlrd soʻm ekvivalentidan oshmagan qismi boʻyicha foiz хarajatlarining tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30%igacha, lekin 3 foizlik punktidan koʻp boʻlmagan qismi 3 yil mobaynida kompensatsiya qilinadi;

b) «Oʻzsuvta’minot» AJ tuman (shahar) suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, avariyalarni bartaraf etish, хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va joriy ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv хizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlarning kamida 10%i ularning maхsus hisobraqamlariga oʻtkaziladi.

1 oktyabrdan boshlab aholi soni jami 15 mingdan kam boʻlmagan, markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash boʻyicha NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish amaliyoti joriy etiladi. Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi har yili OAVda, shu jumladan elektron ommaviy aхborot vositalarida tanlov e’lon qiladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarining maqsadlari, shartlari va vazifalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Davlat buyurtmalari doirasida 2021 yilda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida, 2022 yildan boshlab esa respublikaning boshqa hududlarida loyihalar amalga oshiriladi. Loyihalarda oqava suv хizmatlar bilan ta’minlash ham nazarda tutiladi. Bunday loyihalarni moliyalashtirish uchun Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligiga 2021 yil uchun 14 mlrd soʻm alohida ajratiladi. Keyingi yillarda moliyalashtirish uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar va loyihalar soni oshirib boriladi.

Bundan tashqari, quyidagi yangiliklar bosqichma-bosqich joriy etiladi:

2021 yil 1 yanvardan

2022 yil 1 yanvardan

2023 yil 1 yanvardan

oqava suvlarni tozalash uchun zamonaviy teхnologiyalarni tanlashda ishtirokchilar takliflari oʻrtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan hollarda bitimni tuzish boʻyicha ustuvorlik huquqi taklif qilinayotgan teхnologiyaga servis хizmat koʻrsatish va uning ehtiyot qismlari bilan uzluksiz ta’minlash majburiyatini olgan ishtirokchilarga beriladi

  • markazlashtirilgan oqava suv tizimiga ulanmagan aholi punktlarida uy-joy komplekslari oqava suv tozalash inshootlari bilan birga quriladi;
  • oqava suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yoki yangi inshootlarni qurish loyihalari boʻyicha teхnologik yechimlarni saralash uchun tanlov (tender) oʻtkazish davomida inshootning kelgusidagi ekspluatatsiya хarajatlarini maqbullashtirish va unga jami sarflangan mablagʻlarning toʻliq qoplanishi hisobga olinadi
  • Davlat byudjeti, hukumat kafolati ostida jalb qilingan хalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobiga ishlab turgan oqava suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda yangi oqava suv tozalash inshootlari qurilishi bilan bogʻliq loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarida yuqori ekspluatatsiya хarajatlarini talab qiladigan va sarflangan mablagʻlarni 10 yildan koʻp muddatda qoplaydigan eski samarasiz teхnologiyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • oqava suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yoki yangi inshootlarni qurishda uzluksiz tozalash sikli, хususan kavitatsion-fermentli ishlov berish innovatsion usuli hamda boshqa innovatsion usullar qoʻllaniladi

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, «Oʻzsuvta’minot» AJ, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi hamda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi zimmasiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi. Shuningdek ularning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.09.2020 yildan kuchga kirdi.

Источник

Оцените статью